MUSIQALI FILM

MUSIQALI FILM — kino va televideniye asari; unda musiqa asosiy oʻrinni egallab, filmning janri va dramatik qurilishini belgilaydi, syujet rivojlanishi, asar gʻoyasi va qahramonlar ichki dunyosini ochishga xizmat qiladi. 20-y. larning oxirida ovozli kino bilan bir vaqtda Musiqali film ham rivojlana boshladi. Rivojlanishning turli bosqichlarida Musiqali filmning tuzilishi oʻzgarib bordi. Dramaturgiya, musiqa, vokal, xoreografiya va … Читать далее

METROPOLITEN-MUZEY

METROPOLITEN-MUZEY (Metropolitan Museum of Art) — AQSH ning (Nyu-Yorkda) eng yirik markaziy sanʼat muzeyi. 1870-y. da tashkil etilib, 1872-y. da ochilgan. Shaharning markaziy bogida joylashgan. Fort-Trayon bogʻida boʻlimi bor. Eksponatlari, asosan, shaxsiy kolleksiyalardan muzeyga tortik, qilingan sanʼat asarlaridan iborat. Amerika rangtasviri va haykaltaroshligi, qurollar, Uzoq va Yaqin Sharqning qad. sanʼati, Qad. Misr sanʼati, Yunoniston, Qad. … Читать далее

MEMORIAL MUZEYLAR

MEMORIAL MUZEYLAR — muhim tarixiy voqealar, davlat, siyosat, jamoat va harbiy arboblar, fan, adabi-yot va sanʼat namoyandalariga bagʻishlangan muassasa, muzeylar. M. m., odatda, davlat tomonidan muhofaza qilinayotgan yodgorlik majmualari (voqea boʻlib oʻtgan joylar, mashxur kishilar hayoti va faoliyati b-n bogʻliq uylar, Memorial muzeylar toʻplamlari va sh. k.) negizida barpo etiladi. Memorial muzeylarning tarixiy holatini toʻliq … Читать далее

POʻSTLOQXOʻRLAR

POʻSTLOQXOʻRLAR (Ipidae, Scolytidae) , poʻstloqxoʻr qoʻngʻizlar — qoʻngʻizlar oilasi. 3000 dan ortiq turi bor, keng tarqalgan. Poʻstloqxoʻrlar chin P., lubxoʻrlar va zabolonniklar (poʻstloq osti qoʻngʻizlari) guruxlariga boʻlinadi. Ularning ayrim turlari poʻstloq ostida, baʼzilari poʻstlokda, boshqalari yogʻochda yoki ildizda, oʻtsimon oʻsimliklar poyasida, ayrim tropik turlari meva va urugʻlarda yashaydi. Tanasi kichik (0,8— 3,5 mm), qoʻngʻir yoki … Читать далее

PUFLAMA SOZLAR ORKESTRI

PUFLAMA SOZLAR ORKESTRI – puflama (yogʻoch, mis yoki faqat mis — banda) va urma cholgʻulardan iborat orkestr. Yevropada 17-a. da shakl topgan. Turli (jumladan, ochiq havo, yurish) sharoitlarga moslanganligi tufayli koʻpgina mamlakatlar armiyalari tarkibiga kirgan. Ijrochilar soniga qarab kichik (20), oʻrta (30) va katta (40—55, baʼzan 80—100 sozandadan iborat) Puflama sozlar orkestri lari ajratiladi. Katta … Читать далее

PROFILAKTIKA

PROFILAKTIKA (yun. profi laktikos saklovchi, oldini oluvchi) — odamlarning uzoq umr kurishi, ishlash krbiliyatini saqlab qolishi, aholining jismoniy rivojlanishini yaxshilash. kasalliklarning yuzaga kelishi va tarqalishini oldini olish hamda salomatlikni himoya qilishga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, gigiyenik va tibbiy chora-tadbirlar majmui. Profilaktika jamoat tashkilotlari va alohida fuqarolar tomonidan amalga oshiriladi. Profilaktika tushunchasi va uning amaliy shakli jamiyatning … Читать далее

MUXTORIYAT

MUXTORIYAT — konstitutsiyaviy huqukda bironbir hududning unga konstitutsiya yoʻl qoʻygan chegaralarida davlat hokimiyatini mustaqil amalga oshirish huquqi. Muxtoriyat markazlashgan tizimdan markazlashmagan tizimga oʻtishning muayyan darajasini bildiradi, ammo bu — federativ davlatdagiga nisbatan kamroq darajada boʻladi. 20-a. boshlarida Turkiston jadidlari Muxtoriyat harakatiga mustaqil davlat tuzish yoʻlidagi alohida bosqich sifatida qaraganlar va bu yoʻlda kurashganlar (q. Turkiston … Читать далее

MUTRIBIY

MUTRIBIY, Noiy (taxalluslari; asl ism-sharifi Mavlono Sultonmuhammad Mutribiy Noiy Samarqandiy) (1558, Samarqand — 17-a. ning 30-y. lari) — shoir, adabiyotshunos, xattot va sozanda. Forsiyda ijod qilgan. Samarqand maktab va madrasalarida oʻqigan. Maʼlumotini oshirish uchun Buxoroga borib, zamonasining yetuk olimlari qoʻlida taʼlim olgan. 16a. oxirida Samarqandga qaytib, ijod b-n shugʻullangan. Mutribiyning Samarqandda tuzgan «Tazkirat ush-shuaro» (1605) … Читать далее

MUSTYE MADANIYATI

MUSTYE MADANIYATI, m ustye davri — ilk paleolit davriningeng soʻnggi madaniyati (mil. av. 150—40 ming yillik). 19-a. ning 60-y. larida fransuz arxeologi G. Mortilye Fransiyaning jan.-gʻarbidagi Le-Mustye (Le Moustier) gʻoridan suyak va tosh qurollar topganligi uchun shu nom bilan yuritiladi. Bu davrda yashagan odamlar ne-andertallar nomi b-n fanga kirgan. Mustye madaniyati uchun gardishsimon nukleus va … Читать далее

MUSAMUHAMEDOV

MUSAMUHAMEDOV Rizamat (1881.24.2 – Toshkent – 1979.13.3) sohibkor bogʻbon, uzumchilik amaliyoti novatori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan agronom (1971), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sohibkor (1935), Mehnat Qaxramoni (1962). 1893—47 y. larda Toshkent sh. va Toshkent viloyatida uzumchilik xoʻjaliklarida sohibkor boʻlib ishlagan. Toshkent viloyati q. x. boshqarmasida tokchilik boʻyicha yoʻriqchi (1947 — 50), Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligida bogʻdorchilik va … Читать далее