MUXTORIYAT

MUXTORIYAT — konstitutsiyaviy huqukda bironbir hududning unga konstitutsiya yoʻl qoʻygan chegaralarida davlat hokimiyatini mustaqil amalga oshirish huquqi. Muxtoriyat markazlashgan tizimdan markazlashmagan tizimga oʻtishning muayyan darajasini bildiradi, ammo bu — federativ davlatdagiga nisbatan kamroq darajada boʻladi. 20-a. boshlarida Turkiston jadidlari Muxtoriyat harakatiga mustaqil davlat tuzish yoʻlidagi alohida bosqich sifatida qaraganlar va bu yoʻlda kurashganlar (q. Turkiston muxtoriyati). Rossiyada bolsheviklar xrkimiyat tepasiga kelgach, dastlab Turkiston Avtonom (Muxtor) Sovet Respublikasini tashkil kilishdi (1918-y. 30 apr.). Oʻzbekiston SSR tuzilgach, uning tarkibida Qoraqalpogʻiston ASSR (1936-y. 5 dek. dan) boʻlgan.

Muxtoriyat keng maʼnoda — bironbir ilmiy muassasa (mas, un-t), turli tashkilotlarning muayyan masalalarni oʻz holicha, mustaqil hal qilish huquqi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x