METROPOLITEN-MUZEY

METROPOLITEN-MUZEY (Metropolitan Museum of Art) — AQSH ning (Nyu-Yorkda) eng yirik markaziy sanʼat muzeyi. 1870-y. da tashkil etilib, 1872-y. da ochilgan. Shaharning markaziy bogida joylashgan. Fort-Trayon bogʻida boʻlimi bor. Eksponatlari, asosan, shaxsiy kolleksiyalardan muzeyga tortik, qilingan sanʼat asarlaridan iborat. Amerika rangtasviri va haykaltaroshligi, qurollar, Uzoq va Yaqin Sharqning qad. sanʼati, Qad. Misr sanʼati, Yunoniston, Qad. Rim va Islom sanʼati, oʻrta asr sanʼat asarlari (boʻlimi), musiqa asboblari, gravyura va litografiyalar, Yevropa rangtasviri, 20-a. sanʼati, kitoblar muzeyi, bolalar muzeyi, kostyum in-ti (mato va kiyimlar toʻplami) va b. boʻlimlari mavjud. M.-m. da jahon sanʼ-atining koʻpgina nodir yodgorliklari, jumladan, Gʻarbiy Yevropa rangtasvirining shoh asarlari, shuningdek Oʻzbekiston hududida yaratilgan amaliy sanʼat asarlari ham saqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x