Doniyor Qayumov biografiyasi

Hozirgi kunda yoshlar orasidagi taniqli blogerlardan bo‘lgan Doniyor Qayumov 1999 yil 20 oktyabr kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. Yunusobod tumanida joylashgan 260-maktabni 2015 yilda tamomlab, shu yilning o‘zidayoq Kompyuter texnologiyalari bo‘yicha Kollejga o‘qishga kirgan. Doniyor maktabda o‘qib yurgan vaqtlaridayoq, shou biznes olamiga qiziqishi kuchli bo‘lgan. Avvaliga maktabning 9 sinfida o‘qiyotgan vaqtida fotograf bo‘lib ishlab, bir qator fotosessiyalarni amalga oshirgan. Hattoki, fotograf va videochi sifatida to‘ylarga ham chiqqan.
2018 yilda kollejni tamomlagach, unda blogerlikka qiziqish uyg‘onib, o‘zining blogerlik faoliyatini boshlagan. 2018 yilda ilk bor prank videosini olgan. Ayni vaqtda 5 yildan buyon blogerlik bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Doniyor oilada 2 o‘g‘ilning kenjasi bo‘lib, ota-onasi uning qiziqishlariga qarshilik ko‘rsatishmagan. Aksincha, uni qo‘llab-quvvatlashgan. Faqat, avval jiddiyroq kasb egallashi kerakligini uqtirishgan. Shuning uchun ham, Doniyor dastlab kompyuter texnologiyalari bo‘yicha tahsil olgan. Bu esa, unga blogerlik faoliyatida ham qo‘l kelgan.
Doniyor Qayumov 2020 yil Tik-tok tarmog‘i bo‘yicha “Yil xeshtegi” nominatsiyadasida g‘olib bo‘lgan. U blogerlar orasida birinchi bo‘lib, 1 million obunachi (podpischik) to‘play olgan bloger hisoblanadi. Bloger sifatida u asosan, yumor videolar oladi va ularda o‘zi biror partnyor bilan birga asosiy rolni ijro qiladi. Doniyor Qayumov shuningdek, 2022 yilda Sardor Tairovning klipida bosh rolni ijro qilgan.
Doniyor Qayumovning nomi, shou biznes vakillari ichida, aktrisa Sitora Farmonova bilan shov-shuvli munosabatlari sabab, yanada ko‘proq og‘izga tushdi. Ularni birga bir necha bor xorijiy davlatlarda sayohatda ko‘rishgan bo‘lsa-da, ikkovi ham bunga ortiqcha izoh bildirishmadi. Lekin, birgalikda bir necha videolar tayyorlashdi. Ko‘pchilik bu juftlikning to‘yini ham kutishgani sir emas. Ammo, kutilmaganda, ularning munosabatlari darz ketdi va keyinchalik Doniyor Qayumov o‘zining instagram profilidan aktrisa Sitora Farmonova bilan birgalikda tushgan foto va videolarini ham o‘chirib tashladi. Hozirda har ikki ijodkor ham, bu munosabatga oid savollarni cheklab o‘tishga harakat qilishadi.
Shundan so‘ng, Doniyor Qayumov kutilmaganda aktrisa Durdona Qurbonova bilan birgalikda bir qator videolar tayyorlay boshladi. Bu ham yangi shov-shuvlarga sabab bo‘lib, bir zumda ikkovining munosabatlari haqida norasmiy xabarlar tarqaldi. Ammo, bu safar ham Doniyor Qayumov bunga ortiqcha izoh bermadi va vaziyatni mavhum qoldirishni istadi. Ko‘p o‘tmay, Durdona Qurbonova bilan videolar olishni ham to‘xtatdi.
Doniyor Qayumov 2021 yilning 21 dekabr kuni shou biznesga aloqasi bo‘lmagan qiz bilan turmush qurdi. Lekin, rafiqasining suratlarini tarqalishiga yo‘l qo‘ygani yo‘q. Oilaviy hayot sirligicha qolishi kerak, deb hisoblaydi bloger. Ammo, 2023 yil 11 aprel kuni ma’lum bir sababga ko‘ra, u rafiqasidan ajrashdi va hozirgi kunda bo‘ydoq hayot kechirmoqda.
Doniyor Qayumovning qiziqishlaridan biri bu avtomobillar bo‘lib, o‘zining ilk Malibu rusumidagi mashinasini 2020 yilda xarid qilgan. 2021 yil esa, shunday rusumdagi mashinani o‘z otasiga ham sovg‘a qilgan.
Doniyor Qayumovning 2023 yil rejalari, oila a’zolarini umra safariga olib borish, otasiga yangi mashina sovg‘a qilish, hamda o‘zi uchun katta biznes qilishdan iborat.

4 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x