MUSIQALI FILM

MUSIQALI FILM — kino va televideniye asari; unda musiqa asosiy oʻrinni egallab, filmning janri va dramatik qurilishini belgilaydi, syujet rivojlanishi, asar gʻoyasi va qahramonlar ichki dunyosini ochishga xizmat qiladi. 20-y. larning oxirida ovozli kino bilan bir vaqtda Musiqali film ham rivojlana boshladi. Rivojlanishning turli bosqichlarida Musiqali filmning tuzilishi oʻzgarib bordi. Dramaturgiya, musiqa, vokal, xoreografiya va ijrochilik sanʼati sintezi turli koʻrinishlarda shakllana boshladi.

Birinchi Musiqali film AQSH («Jaz xonandasi» va b.)da, keyinchalik Germaniya («Tabassumlar mamlakati», «Koʻrshapalak» va b.)da yaratilgan. 30-y. larga kelib Musiqali filmning asosiy janrlari — lirik kinokomediya, filmrevyu, operetta, opera, balet shakllandi.

Oʻzbekistonda Musiqali film yaratish 40-y. lardan boshlandi. 2-jahon urushi yillarida yaratilgan filmlarning aksariyatini film-konsertlar tashkil etdi. «Film-konsert» (Y. Aʼzamov), «Frontdagi doʻstlarga», «Vatan sovgʻasi» (K. Yormatov), «Besh respublika kon-serti» (3. Sobitov) va b. shular jumlasidan. «Doyra raqsga chorlaydi», «Musiqiy torlarimiz siri» film-konsertlari, «Dilbarim» film-komedi-yasi, «Dilorom» birinchi oʻzbek film-operasi, «Jonlangan miniatyuralar» («Suhayl va Mexri», L. Fayziyev; M. Leviyev) filmbaleti va b. filmlarda musiqadan oʻrinli foydalanishga, mav-zuga hamohang ekran tilini kashf etishga muvaffaq boʻldilar. «Oʻzbektelefilm» da yaratilgan «Shashmaqom» (T. Akromov), «Menga qoʻshiqchizib ber» (L. Inozemseva), «Men balerina» (Sh. Mahbubov) kabi filmlarda milliy madaniyatni, oʻzlikni anglash, qadri-yatlarimizni eʼzozlash va yangi ijodiy izlanishlar koʻzga tashlanadi. Anʼanaviy oʻzbek aytim (vokal) va cholgʻu musiqa sanʼatini tiklash va rivojlantirishni targʻib qiluvchi «Xiva vaqti bilan soat yettida», «Boysunda qor eriganda», «Qalbingda xalq ohanglarini eʼzozla» kabi film-konsertlar oʻzining milliyligi bilan ajralib turadi. 1987-y. Oʻzbekiston televideniyesida birinchi bor «Toʻmaris» (rej. N. Mahmudov; U. Musayev) telebaleti qoʻyildi. «Maysaraning ishi» (M. Abzalov), «Yulduzimni ber, osmon» (F. Davletshin), «Monolog», «Sevgi qoʻshigʻi» (Bahodir Zokirov), «Mesh polvon» (M. Abzalov) va b. keyingi yillar yaratilgan eng yaxshi Musiqali film lardir.

Mohina Ashirova.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x