MUSTYE MADANIYATI

MUSTYE MADANIYATI, m ustye davri — ilk paleolit davriningeng soʻnggi madaniyati (mil. av. 150—40 ming yillik). 19-a. ning 60-y. larida fransuz arxeologi G. Mortilye Fransiyaning jan.-gʻarbidagi Le-Mustye (Le Moustier) gʻoridan suyak va tosh qurollar topganligi uchun shu nom bilan yuritiladi. Bu davrda yashagan odamlar ne-andertallar nomi b-n fanga kirgan. Mustye madaniyati uchun gardishsimon nukleus va 3 burchakli tosh parrakchalar xos boʻlib, ular yogʻoch yoʻnish, ishlash, kiyim va qurol tayyorlashda ishlatilgan. Mustye davrida nayzasimon tosh qurol, oʻroq, randa, qumtosh yoki ohaktoshdan yasalgan sharlar, Mustye madaniyatining oxirida esa keskich asboblar — qirgʻich, pichoq hamda suyak qurollar paydo boʻlgan. Mustye davrida odamning jismonii qiyofasi takomillasha borgan. Qad. odam (pitekantrop va sinantrop) oʻzgarib, hoz. tipdagi odamga yaqinroq boʻlgan neandertal shakliga kiradi. Bu odam miyasida nutq markazi yuzaga keladi hamda uning jismonii qiyofasi oʻzgara boradi, bu uning ish vaqtida erkin harakat qilishini taʼminlaydi. Olovni saqlab qoʻyishdan uni ishqalash yoʻli bilan hosil qilishga oʻtilishi Mustye davrining muhim yutugʻidir. Toshni ishlashda levallua texnikasidan foydalanilgan. Mustye madaniyatida gʻor va ochiq manzil-gohlarda neandertal odamlar yashab, mamont, ayiq, shim. bugʻusi kabi hayvonlarni ovlab, isteʼmol qilishgan hamda terimchilik bilan shugʻullangan. Mustye davri qarorgohlarida oʻchoq, kuygan suyak va kabrlar uchraydi. Qabrlar va ulardan topilgan buyumlar dafn marosimlarida diniy eʼtiqodlar turila boshlaganini koʻrsatadi. Mustye madaniyati yod-gorliklari Yevropa, Afrika, Yaqin Sharqda, Rossiyaning Yevropa qismida, Kavkaz, Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda topib tekshirilgan. Oʻzbekistonda — Surxondaryo (Teshiktosh gʻori), Samarqand (Omonqoʻton gʻori, Qoʻtirbuloq ma-koni, Zirabuloq, Xoʻjamazgil makoni), Toshkent viloyati (Obirahmat gʻori, Koʻlbuloq makoni, Xoʻjakent makoni, Paltov), Fargʻona vodiysi (Qalʼacha makonlari, Soʻx daryosidagi makonlar), Navoiy viloyati (Uchtut) da Mustye madaniyati yodgorliklari topilgan va tekshirilgan. Hoz. vaqtda Oʻrta Osiyoda neandertal zamondoshlari yashagan makonlar 90 dan ortiq joyda uchratilgan.

Ad.: Oʻzbekiston xalqlari tarixi, 1-j., T.. 1992.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x