PUFLAMA SOZLAR ORKESTRI

PUFLAMA SOZLAR ORKESTRI – puflama (yogʻoch, mis yoki faqat mis — banda) va urma cholgʻulardan iborat orkestr. Yevropada 17-a. da shakl topgan. Turli (jumladan, ochiq havo, yurish) sharoitlarga moslanganligi tufayli koʻpgina mamlakatlar armiyalari tarkibiga kirgan. Ijrochilar soniga qarab kichik (20), oʻrta (30) va katta (40—55, baʼzan 80—100 sozandadan iborat) Puflama sozlar orkestri lari ajratiladi. Katta Puflama sozlar orkestri fleyta, goboy, klarnet, saksofon va fagot turlari, shuningdek, valtorna, truba, kornet, trombon, alt, tenor, bariton, baslar va turli urma cholgʻulardan tashkil topgan.

Oʻzbekistonda dastlab rus chor qoʻshinlari tarkibida, keyinchalik (1910-y. larda) Margʻilon, Andijon, Samarqand, Toshkent va b. shaharlarda havaskor (jumladan, milliy) sozan-dalardan iborat Puflama sozlar orkestri paydo boʻlgan. 1920y. lardan Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari, shuningdek, madaniyat saroylari, oʻquv muassasalari tarkibida keng rivoj topgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x