HOMILADORLIKDA GEMATOMA
✅ Homiladorlikda gematoma bachadon shilliq qavati kichik qon tomirlarining zo‘riqishidan yuzaga keladi.
Sabablari:
➖ og‘ir jismoniy harakatlar,
➖ sakrash,
➖ erta davrlarda yiqilish,
➖ oldingi tug‘ruq asoratlari,
➖ abortlar,
➖ mioma,
➖ endometrioz kasalliklari,
➖ stress holatlari.
📌 Gematomalar UTT tekshiruvi orqali aniqlanadi.
Gematomalar homiladorlikning qiyin kechishiga, tug‘ruqning qiyin o‘tishi va bola rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Homiladorlikning erta bosqichlarida homila tushishiga ham sabab bo‘lishi mumkin.
🥦Gematoma aniqlanganda ginekolog nazorati ostida bo‘lish, davo muolajalarini to‘liq olish, og‘ir ko‘tarmaslik, jinsiy hayotni cheklash, stressdan uzoq bo‘lish va ovqat rasioniga rioya qilish lozim. Taomnomaga ahamiyat berish, meva, sabzavot va ko‘katlarni ko‘p iste’mol qilish, achchiq choy, qahva, xamirli ovqatlar va pishiriqlar iste’molini cheklash lozim.