MEMORIAL MUZEYLAR

MEMORIAL MUZEYLAR — muhim tarixiy voqealar, davlat, siyosat, jamoat va harbiy arboblar, fan, adabi-yot va sanʼat namoyandalariga bagʻishlangan muassasa, muzeylar. M. m., odatda, davlat tomonidan muhofaza qilinayotgan yodgorlik majmualari (voqea boʻlib oʻtgan joylar, mashxur kishilar hayoti va faoliyati b-n bogʻliq uylar, Memorial muzeylar toʻplamlari va sh. k.) negizida barpo etiladi. Memorial muzeylarning tarixiy holatini toʻliq saklagan ansambl (mas, Tosh-kentdagi Gʻafur Gʻulom uy-muzeyi va b.), ilmiy rekonstruksiya qilingan (mas, Samarqanddagi Ulugʻbek muzeyi va b.), ayrim toʻplamlar asosida tashkil topadigan turlari bor. M. m. nodir moddiy, tasviriy va yozma manbalarni saklaydi, oʻrganadi, ularni tashviq qiladi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy ishlar olib boradi, yoʻl koʻrsatkichlar va sh. k. ni nashr etadi.

Oʻzbekiston hududida Ulugʻbek, Sadriddin Ayniy (Samarqand), Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qodiriy, Yunus Pajabiy, Tamaraxonim, M. Turgʻunboye-va (Toshkent) va b. ning Memorial muzeylari bor.

Xorijiy mamlakatlarda Buxenvald, Osvensimdagi fashizm qurbonlari yodgorliklari Memorial muzeylar, Stratford-on-Eyvon sh. dagi Shekspir, Veymardagi I. V. Gyote va b. M. m. mashhur.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x