MONOPOLIYAGA QARSHI QONUNCHILIK

MONOPOLIYAGA QARSHI QONUNCHILIK — davlatning monopoliyaga karshi kurash siyosati. Dunyo tajribasiga koʻra, Monopoliyaga qarshi qonunchilik, asosan, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha shakllandi. Birinchidan, i. ch. (tarmoq)ni boshqaruvchi qonunlar. Bu qonunlarga binoan, odatda, hech bir korxona (korporatsiya)ning biror turdagi mahsulot i. ch. ning yarmidan ortigʻini nazorat qilishga huquq berilmaydi. Ikkinchidan, barcha yirik korporatsiyalar ishtirokchilari boshqa korporatsiyalar aksiyalarining maʼlum … Читать далее

MOLODYOJ UZBEKISTANA

«MOLODYOJ UZBEKISTANA» («Oʻzbekiston yoshlari») — respublika yoshlar gazetasi. Toshkent sh. da rus tilida haftada 3-marta chiqadi. Muassisi: Oʻzbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy xarakati hamda «Karera Servis» axborotnashr firmasi. 1soni 1926-y. 7 noyab. da «Komsomoles Vostoka» («Sharq komsomoli»), 1935-y. yanv. dan «Komsomoles Uzbekistana» («Oʻzbekiston komsomoli») nomi b-n chiqqan. 1991-y. yanv. dan hoz. nomda. 2-jahon urushi yillarida … Читать далее

MIRZO SODIQ JONDORIY

MIRZO SODIQ JONDORIY (toʻliq nomi: Mirzo Muhammad Sodiq ibn Abduvali Munshiy Jondoriy) (18a. 50-y. lari, Jondor tumani — 1819, Karshi) — shoir. «Sodiq» taxallusi b-n ijod qilgan. U saroy xizmatiga chaqirilib, Buxoro mangʻit hukmdorlari amir Doniyol, amir Shohmurod va amir Haydarlar davrida oddiy mirza (munshiy)likdan mirzaboshi — bosh munshiylik darajasiga koʻtariladi. Mirzo Sodiq Jondoriydan bizgacha … Читать далее

MIR HUSAYN

MIR HUSAYN ibn Mir Hasan al-Husayniy (16-a.) — yirik xattot, «Javohiri raqam» faholi unvoniga sazovor boʻlgan. Uning nastaʼliq xati bilan koʻchirilgan va ziynatlangan quyidagi asarlar qoʻlyozmalari Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik in-tida saqlanadi: Xoja Abdulloh Ansoriyning «Ilohiynoma» (1534; inv № 351), «100 savol» (1534; inv №351), Amir Xusrav Dexlaviyning «Xamsa» (1534; inv №2218), Ali bin Husaynning «Ra-shahoti … Читать далее

MINERALOGIYA

MINERALOGIYA (mineral… va…logiya) — minerallar haqidagi fan; minerallar, ularning tarkibi, xossalari, fizik tuzilishi (strukturasi) ning morfologiyasi va krnuniyatlari, shuningdek, tabiatda hosil boʻlish jara-yonlari va oʻzgarish sharoitlarini hamda sunʼiy yoʻl bilan (sintez) olish va amalda foydalanish yoʻllarini oʻrganadi. Mineralogiyaning asosiy vazifasi — foydali qazilma konlarini qidirish va baholash, xom ashyoni amaliyotda qoʻllash uchun boyitishning ilmiy asoslarini … Читать далее

MOʻMINOV Ibrohim Moʻminovich

MOʻMINOV Ibrohim Moʻminovich (1908.7.9, hoz. Shofirkon tumani Tezguzar qishlogʻi — 1974.22.7, Toshkent) — faylasuf olim, jamoat arbobi, Oʻzbekiston FA akad. (1956), Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1959), falsafa fanlari d-ri (1950), prof. (1950). Buxoro bilim yurtida oʻqigan (1925—27). Samarqand Pedakademiyasining ijtimoiy-iktisodiy f-tini tugatgan (1931), shu yerda oʻqi-tuvchi boʻlib ishladi. Pedakademiya Uzbekiston untiga aylantirilgach, filol., keyinchalik … Читать далее

MUHANDISLIK QOʻSHINLARI

MUHANDISLIK QOʻSHINLARI — barcha qoʻshin turlarining jangovar harakatlariga yordam beradigan muhandislik inshootlari va vositalarini barpo etuvchi maxsus qoʻshinlar. Dastlab Fransiyada 17-a. da, Rossiyada 18-a. boshida paydo boʻlgan. Zamonaviy qoʻshinlarda Muhandislik qoʻshinlari muhandislik sapyorlik (sapyor), muhandislik-yoʻl, ponton-koʻprik quruvchi, muhandisquruvchilik, kechib oʻtuvchidesant va b. birlashma, qism va boʻlinmalardan tarkib topgan. Hozirda Muhandislik qoʻshinlari quruklikdagi qoʻshinlarning jangovar harakatlarini … Читать далее

MOʻGʻULTOGʻ

MOʻGʻULTOGʻ — Qurama tizmasining jan.-gʻarbidagi togʻ. Oʻzbekiston va Tojikiston chegarasida joylashgan. Jan.-gʻarbdan shim.-sharqqa yoʻnalgan. Qurama tizmasining gʻarbiy tarmoqlari boʻlmish Oltintopgan va Qoramozor tizmalaridan Mirzarabot beli bilan ajralgan. Jan.-gʻarbiy etaklari Sirdaryo vodiysiga tutashadi. Uz. 85 km chamasida. Eng baland joyi 1624 m (Moʻzbek togʻi), jan.-gʻarbda Katta Supa togʻi (bal. 1277 m gacha) mavjud. Togʻ kuchli parchalangan, … Читать далее

MILLIY IQTISODIYOT

MILLIY IQTISODIYOT — ijtimoiy iqtisodiyotning mavjudlik shakli; mamlakat, davlat qududida yashovchi millat (xalqlar)ning tarixan shakllangan yoki tubdan yangilanayotgan, oʻzgarayotgan va rivojlanayotgan mulkiy va b. ijtimoiyiqtisodiy munosabatlari, ular bilan shartlangan, mahalliy xususiyatlarga ham ega boʻlgan iqtisodiy faoliyat sohalari, tarmoqlari, tashkilotlari, korxonalari, hududlari va mintaqalari sistemasi. Imkon darajasida tashqi bozor taʼsiridan xoli boʻlgan milliy xoʻjalik sistemasi. Milliy … Читать далее

MILLATCHILIK

MILLATCHILIK — millat ayirish; oʻz millatining haqhuquklarini boshqa millatlar haqhuquqidan yuqori qoʻyish, oʻz ehtiyojlari va manfaatlarini oʻylab, boshqa millatning yoki boshqa xalqlar vakillarining ehtiyoj va manfaatlarini nazar-pisand qilmaslik. Millatchilik milliy biqiklik, millat-parastlikka asoslanib, milliy nizo, ixtiloflarga sababchi boʻladi, jamiyat hayotini, tinchlik va barqarorlikni izdan chiqarishi mumkin. «Millatchilik» va «ta-jovuzkor Millatchilik» tushunchalarini farqlash lozim. Millatchilik oʻz … Читать далее