PROFILAKTIKA

PROFILAKTIKA (yun. profi laktikos saklovchi, oldini oluvchi) — odamlarning uzoq umr kurishi, ishlash krbiliyatini saqlab qolishi, aholining jismoniy rivojlanishini yaxshilash. kasalliklarning yuzaga kelishi va tarqalishini oldini olish hamda salomatlikni himoya qilishga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, gigiyenik va tibbiy chora-tadbirlar majmui. Profilaktika jamoat tashkilotlari va alohida fuqarolar tomonidan amalga oshiriladi.

Profilaktika tushunchasi va uning amaliy shakli jamiyatning tarixiy taraqqiyoti davrida iqtisod, davlat tuzumi va ilm-fanning rivojlanishiga qarab oʻzgarib turgan. Profilaktika qadim zamondan maʼlum. Qad. tibbiyotda shaxsiy gigiyena va toʻla-toʻkis ovqatlanish qoidalariga amal qilish b-n kasalliklarning oldini olishga katta ahamiyat berilgan, lekin Profilaktika 19-a. dan boshlab ilmiy jihatdan asoslab berildi. Kasalliklarning paydo boʻlishi va tarqalishida tashqi muhitning ahamiyatini oʻrganish, mikrobiologiya, fiziologiya, immunologiya va gigiyena sohasida qoʻlga kiritilgan yutuqlar ilmiy Profilaktikaning tashkil topishiga imkon berdi.

Zamonaviy Profilaktika inson salomatligiga salbiy taʼsir etadigan omillarni yoʻqotishni koʻzda tutadigan hamda ularning jismoniy va maʼnaviy irodalarini har tomonlama oʻstirishni taʼminlaydigan, davlat va jamoat ahamiyatiga ega boʻlgan kompleks tadbirlar tizimini oʻz ichiga oladi.

Shaxsiy, jamoat, tibbiy Profilaktika farqlanadi. Shaxsiy Profilaktikaga insonning oʻz sogʻligʻini saqlashi va mustahkamlashiga qaratilgan choralar, yaʼni sogʻlom turmush tarziga amal qilish, shaxsiy gigiyena, nikoh va oila, shuningdek, kiyim-kechak, ovqatlanish gigiyenasi, oʻsib kelayotgan avlodni gigiyenik tar-biyalash, ratsional ishlash va dam olish, faol jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish kiradi.

Jamoat Profilaktika siga jamoat tashkilotlari tomonidan fuqarolarni jismoniy va maʼnaviy rivojlantirishni taʼminlovchi, xalq sogʻligʻiga yomon taʼsir qiluvchi omillarni kamaytirishga kara-tilgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, qonuniy, tarbiyaviy, sanitar-texnik, sanitargigiyenik, epidemiologik va tibbiy chora-tadbirlar kiradi.

Tibbiy Profilaktika birlamchi va ikkilamchi boʻladi. Birlamchi tibbiy Profilaktika kasalliklarning kelib chiqish sabablari va rivojlanishiga qarshi qaratilgan ijtimoiy, tibbiy, gigiyenik va tarbiyaviy choralar; tashqi muxitning nomaqbul taʼsiriga organizmning chidamliligini oshirish; organizmning soglom holatini saklab qolish, unga pa-tologik taʼsir kursatuvchi omillarning oldini olish; dispanserizatsiya oʻtkazish va yuqumli kasalliklarga qarshi emlashdan iborat. Ikkilamchi tibbiy Profilaktika kasalliklarni erta aniklash, patologik jarayonning rivojlanishi, uning asoratlari va retsidivlarining oldini olishga karatilgan chora-tadbirlar.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng insonlarning sogʻlom turmush tarzini yaxshilashga, atrof-muhitni himoya qilish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sportning ommala-shuvi va profilaktik tibbiyotni rivojlantirishga karatilgan qonunlar, dasturlar qabul qilindi.

Onalik va bolalikni muhofaza qilish tadbirlari ona va bolalar kasalliklari va oʻlimining keskin kamayishiga, chilla davri kasalliklarining oldini olishga, soglom avlod yaratilishiga yordam bermoqda. Hoz. oldingi poliklinikalar va shifoxonalar oʻrniga oilaviy poliklinika va «Onalar va bolalar» markazlari tashkil etildi. Tibbiyot intlarida oilaviy shifokorlar tayyorlash dasturiga oʻtildi. Tugʻruqxonalar oʻrnini perinatal markazlar egalladi.

21-a. boshida Oʻzbekistonda Respublika «Salomatlik» in-ti, viloyatlarda uning filiallari ochiddi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x