MUSAMUHAMEDOV

MUSAMUHAMEDOV Rizamat (1881.24.2 – Toshkent – 1979.13.3) sohibkor bogʻbon, uzumchilik amaliyoti novatori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan agronom (1971), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sohibkor (1935), Mehnat Qaxramoni (1962). 1893—47 y. larda Toshkent sh. va Toshkent viloyatida uzumchilik xoʻjaliklarida sohibkor boʻlib ishlagan. Toshkent viloyati q. x. boshqarmasida tokchilik boʻyicha yoʻriqchi (1947 — 50), Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vazirligida bogʻdorchilik va tokchilik boʻyicha bosh agronom (1950). Bogʻ va tokzorlar barpo etish, tokka shakl berish, tok kesish, tokzorlarni qayta tiklash va tok oʻstirish, hosildorlikni oshirishning yangi va ilgʻor usullarini ishlab chiqqan. Musamuhamedov rahbarligida Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda 3250 ga namunali bogʻ va tokzorlar barpo etilgan. «Tokchilik boʻyicha qoʻllanma» (1939) «Moʻl uzum hosili yetishtirishdagi tajribalarim» (1959) kabi kitoblar muallifi. Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik in-tida chiqarilgan va Oʻzbekiston, Tojikistonda r-nlashtirilgan serhosil tok navi Musamuhamedov sharafiga Rizamat deb atalgan. Musamuhamedov haqida «Gulga burkangan hayot» (1961), «Rizamat otaning 100 bahori» hujjatli filmlari yaratilgan. Toshkent viloyati Qibray tumanidagi uzumchilik, Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi bogʻdorchilikuzumchilik shirkat xoʻjaliklariga, Toshkent sh. dagi koʻchalardan biriga Musamuhamedov nomi berilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x