Jiddiy sabablarsiz homilador boʻlolmayotgan juftliklar uchun tavsiyalar

Jiddiy sabablarsiz homilador boʻlolmayotgan juftliklar uchun tavsiyalar

Endi jiddiy muammosi boʻlmagan, ammo nima sababdir homilador boʻlolmayotgan juftliklarga baʼzi tavsiyalarimiz.

Ichkilik va chekish kabi salbiy odatlarni tashlang (bu erkak va ayolga ham bir xilda tegishli);

Polivitaminlar qabul qiling, ayniqsa foliy kislota yetarli miqdorda boʻlsin (400 mkg). Bu bolada homilada rivojlanish nuqsonining oldini oladi;

Surunkali kasalliklaringiz boʻlsa, shifokorga murojaat qiling. Homiladorlik paytida biror taʼsiri bormi aniqlashtiring. Stomatolog va terapevtga murojaat qilgan maʼqul. Qolgan mutaxassislarga ehtiyojga qarab;

Ginekolog qabuliga kiring. Surtma (mazok) tahlili va UTT tekshiruvidan oʻting. Yaxshisi hayz davrining ikkinchi yarmida borgan maʼqul. Shunda ovulyatsiya boʻlayotgani va “sariq tana” qanday ishlayotganini bilish mumkin boʻladi. Unutmang, ayolda ovulyatsiya har oyda ham boʻlavermaydi. Agar bu koʻrikda boʻlmagan boʻlsa, xavotir olmang, oʻsha boʻlmagan paytga toʻgʻri kelib qolgan boʻlishi mumkin.

TORCH– infeksiya tahlili oʻtkazib koʻrish mumkin;

Imkon boʻlsa kolposkopiya (bachadon boʻyini mikroskop ostida tekshirish) tekshiruvidan oʻting.

Agar shu paytgacha aniqlanmagan boʻlsa, oʻzingiz va turmush oʻrtogʻingizning qon guruhini aniqlash uchun tekshirtiring. Bu rezus−faktorda ziddiyat boʻlish boʻlmasligini bilish uchun kerak. Agar rezus−faktor manfiy boʻlsa, qoʻshimcha antirezus−antitanacha bor−yoʻqligini bilish uchun tahlil topshirish kerak boʻladi.

Quyidagi tahlilarni ham har ehtimolga qarshi topshirish mumkin:

Gepatit B, C, OIV, sifilis, qon, siydik umumiy tahlillari, koagulogramma tekshiruvlari;

Juftlikdan birida irsiy kasallik yoki ayol kshi 35 yoshdan katta boʻlsa genetik koʻrigidan oʻtish tavsiya etiladi.

Albatta bu roʻyxatni koʻp davom ettirish mumkin. Lekin hamma narsada ham meʼyorni bilish zarur. Agar sizda yoki turmush oʻrtogʻingizda biror kasallik aniqlangan boʻlsa, unda homilador boʻlish uchun shifokor−mutaxassisga (reproduktolog) murojaat qilib u tayinlagan individual davolash reja asosida ish olib borishingiz kerak boʻladi.

P.S. Oilada 1yil ichida homila kuzatilmasa, avvalo erkakni tekahirtitish va zarurat bo‘lsagina ayolni tekshirtirish kerak.

@andrology_uz 🚑

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x