MIKROKLIN

MIKROKLIN (mikro… va yun. klino — egilaman) — dala shpatlari guruhiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi K[AlSi3O8]. Tarkibida bir oz kalsiy, bariy, temir, rubidiy, seziy aralashma holida boʻladi. Triklin sin-goniyali, prizmatik shakldagi kristallar hosil qiladi. Qoʻshaloklari polisintetik va toʻrsimon. Qattikligi 6 — 6,5. Zichligi 2540—2570 kg/m3. Rangi pushti, qoʻngʻirsariq, qizgʻish-oq, pushtiqizil, baʼzan oq, havorang-yashil (amazonit) tusda … Читать далее

MUDOFAA DEVORLARI

MUDOFAA DEVORLARI — aholini dushman hujumidan saklash maqsadida qad. dehqonchilik vohalari atrofiga qurilgan devorlar. Bunday devorlar Osiyo, Yevropa va Afrika qitʼasidagi koʻpgina mamlakatlarda qurilgan (mas, Buyuk Xitoy devori, Antonin devori va b.). Oʻzbekiston hududida Shaxrisabz, Kitob, Nurota dehqonchilik r-nlari va Marokanda sh. atrofidagi qishloqlar tevaragiga Mudofaa devorlari qurilgan. 1956-y. da Ya. Gʻ. Gʻulomov boshchiligida Oʻzbekistonda … Читать далее

MIRSOATOV

MIRSOATOV Anvar (taxallusi Mirzo Anvar, 1939.13.2, Toshkent) — manzarachi rassom, rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston xalq rassomi (2001). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1962) va Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika in-ti (1972) ni tugatgan. M. Gʻarbiy Yevropa sanʼati, fransuz impressionistlari, ayniqsa, neoimpressionistlari ijodini oʻrgandi, ulardan taʼsirlandi («Mening qoʻshigʻim», 1974 va b.). Rassom ijodida Oʻzbekistonning goʻzal tabiati, … Читать далее

MIRKOMILOV Toʻlqin Miromilovich

MIRKOMILOV Toʻlqin Miromilovich (1939.30.6, Toshkent) — kimyogar olim, Oʻzbekiston FA akad. (1995). Texnika fanlari d-ri (1983), prof. (1985). Toshkent politexnika in-tini tugatgan (1962), shu in-t kimyo kafedrasi mudiri (1973—92), Toshkent kimyotex-nologiya in-ti rektori (1992—94). Toshkent texnika unti rektori (1994-2001), prorektori (2001-y. dan). Mirkomilovning ilmiy ishlari ekologik toza texnologi-yalarni ishlab chiqish, paxta sanoati chiqindilarini qayta ishlash … Читать далее

MARKAZIY BANK

MARKAZIY BANK — 1) mamlakatning pul belgilarini emissiya qilish (pul bosib chiqarish) va tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish huquqi berilgan bosh davlat banki. Markaziy bank «banklarning banki» boʻlib, pul muomalasini tartibga solishda va byudjetni boshqarishda davlatga va hukumatga yordam beradigan organ hisoblanadi. Pul emissiyasini amalga oshirish, davlatning oltin-valyuta zaxiralarini saqlash, bank tizimini kreditlash, hukumat va … Читать далее

MAʼMURIY-HUDUDIY TUZILISH

MAʼMURIY-HUDUDIY TUZILISH — unitar davlat hududi yoki federativ davlat subyektlari hududining maʼlum qismlar (viloyatlar, guberniyalar, de-partamentlar va sh. k.)ga boʻlinishi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi ana shu boʻlinishga muvofiq tuziladi va ish olib boradi. Bunday boʻlinish idora etishning kulay, davlat organlariga aholikg. ng yaqin boʻlishini, i. ch. ni samarali tashkil qilishni nazarda tutib amalga oshiriladi. … Читать далее

MINERAL RESURSLAR

MINERAL RESURSLAR — alohida region (hududlar)da geologik izlanish va razvedka natijasida aniqlangan foydali qazilmalar majmui. Mineral resurslar qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardir. Ularning oʻzlashtirishga tayyorlangan qismi mineral xom ashyo bazasi hisoblanadi. Konchilik va geol. da Mineral resurslar deb Yer kaʼrida foydali qazilmalar sifatida aniqlangan va sanoat ahamiyatiga ega boʻla oladigan boyliklarga aytiladi. Mineral resurslar ishlatilishiga qarab … Читать далее

MEHRIGIYOH

MEHRIGIYOH, mandragora (Mapdragora) — ituzumdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. Barglari yirik, tuxumsimon, yaxlit, boʻyi 80 sm cha. Gullari sargʻish-yashil, zan-gori, binafsha yoki oq, yakka. Mevasi — toʻq sariq, dumaloq, yirik rezavor-meva. Oʻrta dengiz sohillari va Himolay hududida 5 turi, Turkmanistonda bir turi usadi. Organlari tarkibida alkaloidlar (giossiamin, skopolamin va b.) bor. Undan tayyorlanadigan … Читать далее

MEXANIKA VA INSHOOTLARNING SEYSMIK MUSTAHKAMLIGI INSTITUTI

MEXANIKA VA INSHOOTLARNING SEYSMIK MUSTAHKAMLIGI INSTITUTI, Oʻzbekiston FA M. T. Oʻrozboyev nomidagi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti — mexanika muammolari, paxta terish mashinasi mexanikasi, bino va inshootlarning zilzilaga chidamliligi, muhitlar mexanikasi masalalari bilan shugʻullanadigan i. t. muassasasi. Dastlab Inshootlar in-ti nomi bilan Toshkentda 1947-y. tashkil qilingan, 1959-y. shu in-t lab. lari asosida Qurilish va … Читать далее

MUQOVA

MUQOVA — kitob, albom, jurnal, daftar va sh. k. ni yaxlit qilib biriktirib turuvchi ustki qismi. Muqovada nashrning nomi, mualliflari yoziladi, turli bezaklar ishlanadi. Muqova kitob blokini kay darajada ushlab turishiga karab, old va orka, tub (korishok) tomonlarga ajraladi. Muqovaning juzlangan varaklar sarbandiga biriktirilgan qismi Muqova sarbandi deyiladi. Muqova tomonlari karton va b. xom ash-yolardan … Читать далее