Jinsiy rivojlanish buzilishida namoyon boʻluvchi belgilar

Jinsiy rivojlanish buzilishida namoyon boʻluvchi belgilar
Bola dunyoga kelishi bilanoq tashqi jinsiy aʼzolardagi kamchiliklar pediatr tomonidan oson aniqlanadi. Bun kabi holatlar koʻpincha chala tugʻilgan, homiladorlik gipokisyasi va infeksiyasi kuzatilgan bolalarda uchraydi. Boshqa holatlarda jinsiy rivojlanishdagi kamchiliklar asosan bolalarning pubertat davrida aniqlanadi. Chunki pubertat davrida jinsiy belgilar shakllanadi va bola oʻz jinsiga monan oʻzgarishlarga uchraydi. Patologiya belgilariga aynan mana shu yoshda shikoyat qilinadi.

Bolalar jismoniy rivojlanishdan ortda qolishi yoki aksincha oʻz tengdoshlaridan oʻzib ketishi mumkin. Bundan tashqari bunday bolalar tana tuzilishi nomutanosib koʻrinishda boʻladi. Ayniqsa baʼzi xromosoma kasalliklarining oʻziga xos tashqi koʻrinish shakllanadi.

Muddatidan erta jinsiy yetilish belgilariga oʻgʻil bolalarda jinsiy olat va moyaklarning erta yoshda kattalashishi, qiz bolalarda esa tashqi jinsiy lablar kattalashishi xos. Bunday bolalarda qoʻltiq osti va jinsiy aʼzolar sohasida tuklar yoshga xos boʻlmagan koʻrinishda paydo boʻladi. Bolalarning jinsiy yetilishida normal koʻrsatkichlar koʻpgina mualliflarda turlicha keltirilgan. Koʻpgina mutaxassislar pubertat davr oʻgʻil bolalarda 10 yoshda va qiz bolalarda 12 yoshda boshlanishi normal deb hisoblaydilar. Bu yoshdan kech jinsiy yetilishning boshlanishi kechikkan deb qayd etiladi.

Jinsiy rivojlanish buzilishi ichki va tashqi jinsiy aʼzolarning notoʻgʻri shakllanishi bilan ham kechadi. Yangi tugʻilgan qiz bolalarda klitor oʻlchamining kattalashishi, kam hollarda – jinsiy olat shakllanishi, oʻgʻil bolalarda esa germofroditizm, yaʼni ayollik jinsiy aʼzolari va erkaklik jinsiy aʼzolari bir vaqtning oʻzida shakllanishi kuzatiladi. Organizmda qarama-qarshi jins gormonlari taʼsiri boshlanganda qiz bolalarda hayz koʻrish kuzatilmasligi yoki hayz koʻrishning toʻxtashi, girsutizm (erkaklarga xos tuklar chiqishi) holatlari yuzaga chiqadi. Oʻgʻil bolalarda ikkilamchi jinsiy belgilar paydo boʻlmasligi, tuklar chiqmasligi, ovoz tembrining oʻzgarmasligi, yaʼni bolalarnikiga xos boʻlib bolishi kuzatiladi. Bu kabi belgilarning barchasi bolalarda ruhiy-emotsional holatnwing buzilishi bilan namoyon boʻladi. Normal holatda ham pubertat yoshda bolalar emotsional labil boʻlishadi, jinsiy rivojlanishdagi patologiyalar esa jarayonni yanada ogʻirlashtiradi. Jinsiy farqlanish buzilishlarida esa psixoseksual muammolar kelib chiqishi mumkin.

@andrology_uz 🚑

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x