MOʻMINOV Tesha Husainovich

MOʻMINOV Tesha Husainovich (1949.25.11, Buxoro) — Oʻzbekiston xalq artisti (1992). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1970). 1968-y. dan hoz. Oʻzbek milliy akademik drama teatri aktyori. 1993 — 96 y. lar Madaniyat ishlari vazirining oʻrinbosari. «Ajal minorasi» (A. Dyuma)dagi Orsiniy Moʻminovning sahnada yaratgan ilk yirik obrazidir. Teatr sahnasida Devona (M. Karim, «Oy tutilgan tunda»), … Читать далее

MUHOJIRLAR

MUHOJIRLAR — oʻzi fuqaro boʻlib turgan yoki doimiy yashayotgan mamlakatini tashlab boshqa davlatga doimiy yashash uchun joʻnab ketuvchi kishilar. Fuqarolik va siyosiy huquklar toʻgʻrisidagi 1966-y. gi xalqaro paktning 12modda 2bandi har bir kishining har qanday mamlakatni (jumladan, oʻz mamlakatini) tashlab ketish huquqi, yaʼni muhojir boʻlish huquqini nazarda tutadi. Biroq bu xuqukda davlat xavfsizligini, jamoat tartibini, … Читать далее

MUHAMMADJONOV Mirzaali Valiyevich

MUHAMMADJONOV Mirzaali Valiyevich (1914.1.12 — Bagʻdod tumani, Konizar qishlogʻi — 2000.18.3) — agronom olim, davlat arbobi, Oʻzbekiston FA akad. (1952), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964), q. x. fanlari d-ri (1962), prof. (1964). Samarqanddagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi in-tini tugatgan (1936). Buxoro viloyati Shofirkon MTSida bosh agronom (1936-37), SoyuzNIXIda aspirant, boʻlim mudiri (1937—41), OʻzSSR Davlat kontroli … Читать далее

MUHAMMAD RAFI

MUHAMMAD RAFI (1924.4.12, Pan-job shtati — 1981.31.7, Bombay) — hind xonandasi. Nihoyatda jozibali, keng diapazonli ovoz sohibi. Dastlabki musiqa saboqlarini Abdul Vohiddan olgan. 13 yoshidan oʻz xushovozligi bilan tanilib, yirik shahar (Bombay, Dehli va b.) larda konsert bergan. 1940-y. lardan boshlab Bombay radiosi va kinostudiyalarida ishlagan. Qariyb 40 yillik faoliyati davomida koʻpgina hind kinofilmlarida («Bav-ju … Читать далее

MUHAMMAD HAKIMBIY

MUHAMMAD HAKIMBIY otaliq Xudoyorxon otaliq oʻgʻli(? — 1743) — nufuzli mangʻshp biylaridan, otalik,, bosh vazir. Buxoro xoni Muhammad Ra-himnpt otasi. Dastlab miroxoʻr va parvonachi boʻlgan. Muhammad Hakimbiy tez orada Buxorodagi mangʻit qavmining yoʻlboshchisiga aylandi va ashtarxoniylarayan Abulfayzxon davrida xonlikda ularning taʼsiri nihoyatda kuchaygan. Qatagʻon va kenagas (xususan, shahrisabzlik Ibrohim kenagas) qavmlariga qarshi markaziy hokimiyatni mustahkamlash … Читать далее

MURIDIYLIK

MURIDIYLIK, muridizm — tasavvufnkng Kavkazda tarqalgan shakli. U tasavvuf taʼlimotining zohidlik, murshidlik va imomlik gʻoyalariga asoslangan. Muridiylik 19-a. ning 20-y. larida bagʻdodlik yirik sufiy Xolid Sulaymon, shirvonlik shayx Ismoil va buxorolik ulamo Xos Muhammad orqali Shim. Kavkazga tarqaldi. Mahalliy qozi Kurali Muhammad (Muhammad Yarogskiy) va Jamoliddin uning nazariy asosini yaratishdi. Keyinchalik Shomil uni yaxlit tariqat … Читать далее

MILITSIYA

MILITSIYA (lot. militia — qoʻshin) (OʻzRda) — konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, jamoat tartibi va xavfsizligini saqlashga daʼvat etilgan, fuqarolar hamda davlat mulkini, qonunchilikni, aholi, korxona va tashkilotlarning qonuniy huquq va man-faatlarini himoya qiluvchi, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashuvchi maʼmuriy organ. OʻzR Vazirlar Mahkamasining «Ichki ishlar idoralarida xizmat utash tartibi haqidagi vaqtinchalik nizom» (1993-y. 8 yanv.), … Читать далее

MAʼMURIYAT

MAʼMURIYAT — 1) davlatning boshqaruv faoliyati; boshqaruv ishini amalga oshiruvchi davlat organlari majmui; 2) boshqaruvchi mansabdor shaxslar, muassasa, korxonalarning rahbar xodimlari. Loading… Пост Навигацияси Previous PostMAʼMURIY HUQUQ Next PostMAʼNAVIY ZARAR

MATYOQUBOV Otanazar Rahimovich

MATYOQUBOV Otanazar Rahimovich (1946.25.8, Xiva) — musiqashunos, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1988), Qoraqalpogiston sanʼat arbobi (2001). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1970), shu yerda oʻqituvchi va «Sharq musiqasi» kafedrasi mudiri (1980-91), dotsent (1982). OʻzR Madaniyat ishlari vazirining birinchi oʻrinbosari (1997—2001), Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining I. t. markazi rahbari (2002-y. dan). Asarlari, asosan, oʻzbek mumtoz musiqa tarixi va … Читать далее

MARKSIZM

MARKSIZM — K. Marks va F. Engels asos solgan falsafiy, iqtisodiy va siyosiy taʼlimot. Nemis mumtoz falsafasini (Gegel, Feyerbax va b.), ingliz siyosiy iqtisodini (Smit, Rikardo va b.), fransuz xayoliy sotsializmini (Sen-Simon, Furye va b.) oʻrganishga tayanib, Marks va Engels dialektik, tarixiy materializmga asoslangan falsafa, qoʻshimcha qiymat nazariyasiga asoslangan siyosiy iqtisod va kommunizm xdqidagi soxta … Читать далее