MURIDIYLIK

MURIDIYLIK, muridizm — tasavvufnkng Kavkazda tarqalgan shakli. U tasavvuf taʼlimotining zohidlik, murshidlik va imomlik gʻoyalariga asoslangan. Muridiylik 19-a. ning 20-y. larida bagʻdodlik yirik sufiy Xolid Sulaymon, shirvonlik shayx Ismoil va buxorolik ulamo Xos Muhammad orqali Shim. Kavkazga tarqaldi. Mahalliy qozi Kurali Muhammad (Muhammad Yarogskiy) va Jamoliddin uning nazariy asosini yaratishdi. Keyinchalik Shomil uni yaxlit tariqat shakliga koʻtardi. Muridiylik Dogʻiston va Chechenistonda tashkil topgan davlat — imomlik (imomlar: Gʻozi Muhammad, Hamzatbek, Shomil)ning diniysiyosiy va harbiy asosini tashkil qilib, Kavkaz urushlari davrida togʻliklarning Rossiya imperiyasiga qarshi olib borgan kurashlarida gʻoyaviy mafkura sifatida xizmat qildi. Lekin togʻliklarning mustaqillik uchun olib borgan kurashlari muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Chor va sovet Rossiyasi davrida Muridiylik diniy mutaassiblikka asoslangan reaksion taʼlimot deb qoralandi.

Ad.: Kaziyev Sh., Imam Shamil, Muridiylik, 2001; Degoyev V., Imam Shamil: prorok, vlastitel, voin, Muridiylik, 2001.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x