MARKSIZM

MARKSIZM — K. Marks va F. Engels asos solgan falsafiy, iqtisodiy va siyosiy taʼlimot. Nemis mumtoz falsafasini (Gegel, Feyerbax va b.), ingliz siyosiy iqtisodini (Smit, Rikardo va b.), fransuz xayoliy sotsializmini (Sen-Simon, Furye va b.) oʻrganishga tayanib, Marks va Engels dialektik, tarixiy materializmga asoslangan falsafa, qoʻshimcha qiymat nazariyasiga asoslangan siyosiy iqtisod va kommunizm xdqidagi soxta taʼlimotni ishlab chiqdilar.

Marksizmda moddiy i. ch. usuli, ishlab chiqaruvchi kuchlar va i. ch. munosabatlari jamiyatning negizi sifatida karaladi. Marksizm xususiy mulkchilikka asoslangan jamiyatda i. ch. ning ijtimoiy va oʻzlashtirishning xususiy xarakterga ega ekanligiga tayanib, ijtimoiy inqilob toʻgrisidagi qonunni asoslashga urinadi. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya, sinfiy kurash bilan bogʻliq nazariyani ilgari suradi. Jamiyat tari-xiga sinflar kurashi tarixi sifatida qaraydi. Marksizmga kura, sinfiy kurash proletariat diktaturasiga olib keladi. Proletariat diktaturasining maqsadi esa sinfsiz jamiyat qurishdan iborat deb hisoblaydi. Marksizm ishlab chikarish vositalariga faqat ijtimoiy mulkchilikni tan oldi, boshka mulk shakllarini inkor etdi. Xususiy mulkni barcha ijtimoiy illatlarning asosiy sababi degan notoʻgʻri qarashni ilgari suradi.

Marksizmning qoʻshimcha qiymat qonuni kapitalizmning asosiy iqtisodiy qonuni deb qaralgan. Marksizmda tarixni materialistik tushunish orqali jamiyatning rivojlanish qonunlari, kapitalizmning sotsializm bilan almashinishi muqarrarligi, kapitalizmdan sotsializmga oʻtish davri, kommunizmning ikki fazadan iborat ekanligi gʻoyasi ilgari suriladi va sotsializm kommunizmning quyi fazasi sifatida qaraladi. Yana q. Sotsializm.

Marksizm 19-a. ijtimoiy fikr taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi. Ayni vaqtda undagi xayoliy, ziddiyatli va xato tasavvurlar tanqidga uchradi. Marksizmda ijtimoiy qarama-qarshiliklar, sinfiy kurash va zoʻrlik nazariyasi mutlaqlashtirildi, proletariatning tarixiy roli asossiz ravishda ulugʻlandi. M. Rossiyadagi Oktyabr toʻntarishi va kommunistik totalitarizmga xizmat qildi.

Marksizm davlat mafkurasi boʻlib qolgan koʻp mamlakatlarda 20-a. ning 80-y. laridan boshlab mustabid rejimlarning yemirilishi va mustaqil davlatlarning taraqqiyot yoʻllarini belgilab olishi Marksizmni tanqidiy oʻrganish va unga baho berishda yangi davrni boshlab berdi.

Ibodulla Ergashev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x