MUHAMMAD RAFI

MUHAMMAD RAFI (1924.4.12, Pan-job shtati — 1981.31.7, Bombay) — hind xonandasi. Nihoyatda jozibali, keng diapazonli ovoz sohibi. Dastlabki musiqa saboqlarini Abdul Vohiddan olgan. 13 yoshidan oʻz xushovozligi bilan tanilib, yirik shahar (Bombay, Dehli va b.) larda konsert bergan. 1940-y. lardan boshlab Bombay radiosi va kinostudiyalarida ishlagan. Qariyb 40 yillik faoliyati davomida koʻpgina hind kinofilmlarida («Bav-ju bavra», «Dunyo», «Sangam», «Tojmahal», «Qasos va qonun» va b.) minglab qoʻshiq kuylagan. Repertuaridan, shuningdek, hind mumtoz «gʻazal»lari, panjob, bengal, tamil tillarida aytilgan qoʻshiklari oʻrin olgan. Hindistondagi «Film-feyer» festivali hamda «Yilning eng yaxshi qoʻshigʻi» uchun beriladigan Davlat mukofotiga bir necha bor sazovor boʻlgan (1961—80).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x