BOSHQARMA

BOSHQARMA — davlat boshqaruvi tizimida biror yirik tarmoq yoki xoʻjalik sohasida markaziy yoki oʻrta boʻgʻindagi boshqaruv idorasi (mas, Markaziy bankning viloyat boshqarmasi, Bojxona qoʻmitasining shahar boshqarmasi). Boshqarma vertikal (vazirlik, qoʻmita, korporatsiya darajasida sektor — boʻlim — boshqarma — bosh boshqarma) va gorizontal (ayrim vazifalarni bajaruvchi boʻlimlar) tizimda rahbarlikni amalga oshirishi mumkin. Boshqarma umuman boshqaruv vazifalarini, … Читать далее

BOSMACHILIK

BOSMACHILIK — Turkistonda sovet hokimiyati va bosqinchi qizil armiyaga qarshi olib borilgan qurolli harakatga shoʻro hukumati davrida berilgan rasmiy nom. «Bosmachi» soʻzi aslida turkiy «bosmoq» (hujum qilmoq) feʼlidan yasalgan. Xalq oʻrtasida «bosmachi» deb harbiy birlikka aloqasi boʻlmagan jinoyatchi unsurlar, oʻgʻri va bezorilar tushunilgan. Shuningdek birovlarning yurtini bosib olgan bosqinchilarni ham «bosmachilar» deyish mantiqan toʻgʻri keladi. … Читать далее