MOʻMINOV Tesha Husainovich

MOʻMINOV Tesha Husainovich (1949.25.11, Buxoro) — Oʻzbekiston xalq artisti (1992). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati in-tini tugatgan (1970). 1968-y. dan hoz. Oʻzbek milliy akademik drama teatri aktyori. 1993 — 96 y. lar Madaniyat ishlari vazirining oʻrinbosari. «Ajal minorasi» (A. Dyuma)dagi Orsiniy Moʻminovning sahnada yaratgan ilk yirik obrazidir. Teatr sahnasida Devona (M. Karim, «Oy tutilgan tunda»), Gʻofir (Hamza, «Boy ila xizmatchi»), Yoʻlchi (Oybek, «Qutlugʻ qon»), Koriolon (U. Shekspir, «Koriolon»), Qor odam (T. Yunus, «Qor odam»), Shayton (S. Imomov, «Shayton va farishta»), Shoh Maʼmun (H. Rasul, «Piri Koinot»), Shpigelberg, Grimm (F. Shiller, «Karoqchilar»), Piri zindoniy (M. Shayxzoda, «Mirzo Ulugʻbek»), Turdivoy (Uygʻun, I. Sulton, «Alisher Navoiy»), Sohibqiron (A. Oripov, «Sohibqiron Amir Temur»), Joʻra Azim («Bir qadam yoʻl») kabi rollari bilan tanildi. Ulkan ehtiros, purviqor harakatlar, baland va serjilo nutq M. ijrochilik sanʼatining yetakchi xususiyatlaridan. Moʻminov ki-noda (Komil, «Kelinlar qoʻzgʻaloni» da; Nurmuhammad, Qushbegi «Oʻtgan kunlar»da; rais, «Yolgʻiz yodgorim»da va b.), video va televizion filmlarda (Yoʻlchi, «Qutlugʻ qon»da; Saltabadil, «Qirolning dilxushi»da; Sherzod Samandarov, «Hyp borki, soya bor»da va b.) ham koʻplab obrazlar yaratgan. Bir qancha film dublyajida qatnashgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mu-kofoti laureati (1989).

4 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x