MUHAMMAD HAKIMBIY

MUHAMMAD HAKIMBIY otaliq Xudoyorxon otaliq oʻgʻli(? — 1743) — nufuzli mangʻshp biylaridan, otalik,, bosh vazir. Buxoro xoni Muhammad Ra-himnpt otasi. Dastlab miroxoʻr va parvonachi boʻlgan. Muhammad Hakimbiy tez orada Buxorodagi mangʻit qavmining yoʻlboshchisiga aylandi va ashtarxoniylarayan Abulfayzxon davrida xonlikda ularning taʼsiri nihoyatda kuchaygan. Qatagʻon va kenagas (xususan, shahrisabzlik Ibrohim kenagas) qavmlariga qarshi markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun kurashadi. Saroyda devonbegi lavozimini egallaydi. Muhammad hakimbiy X – barcha shahzodalar otaliqlarining boshligʻi deb tan olingan. Qarshida xrkimlik davrida Eron hukmdori Nodirshohning oʻgʻli Rizoquli boshchiligidagi qoʻshinlarni bu yerda toʻxtatib qoldi (1736). Nodirshohning Buxoroga hujumi paytida u bilan muzokaralar olib bordi va aholini Eron qoʻshinlariga qarshilik koʻrsatmaslikka chaqirdi (1740). Bu xizmatlari uchun uni Nodirshoh Buxoroning tuda vakolatli hokimi, yaʼni Abulfayzxon saroyining qoʻshbegi — bosh vaziri qilib tayinlagan. Muhammad Hakimbiyning ukasi Doniyolbiy (Buxoro amiri Shohmurodning otasi) Karmana hokimi, oʻgʻli Muhammad Ra-him esa Nodirshohning yaqin kishilaridan biri boʻlib qolgan. U mangʻitlar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi uchun yetarli shart-sharoit yaratib bergan. Markaziy hokimiyatga boʻysunishni xoxdamagan amirlar va turli qavmlarning yetakchilariga qarshi murosasiz kurashgan.

Ad.: Abduraxman – i Tali, Istoriya Abulfeyz-xana, T., 1959; Oʻzbekiston tarixi: davlat va jamiyati taraqqiyoti, 1qism, T., 2000.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x