MATYOQUBOV Otanazar Rahimovich

MATYOQUBOV Otanazar Rahimovich (1946.25.8, Xiva) — musiqashunos, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1988), Qoraqalpogiston sanʼat arbobi (2001). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1970), shu yerda oʻqituvchi va «Sharq musiqasi» kafedrasi mudiri (1980-91), dotsent (1982). OʻzR Madaniyat ishlari vazirining birinchi oʻrinbosari (1997—2001), Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining I. t. markazi rahbari (2002-y. dan). Asarlari, asosan, oʻzbek mumtoz musiqa tarixi va nazariyasi, Oʻrta asr musiqa ilmi namoyandalari merosiga bagʻishlangan.

As: Ogʻzaki anʼanadagi professional musiqa asoslariga kirish, T., 1983; Farabi ob osnovax muzыki Vostoka, T., 1986.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x