MUHAMMADJONOV Mirzaali Valiyevich

MUHAMMADJONOV Mirzaali Valiyevich (1914.1.12 — Bagʻdod tumani, Konizar qishlogʻi — 2000.18.3) — agronom olim, davlat arbobi, Oʻzbekiston FA akad. (1952), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964), q. x. fanlari d-ri (1962), prof. (1964). Samarqanddagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi in-tini tugatgan (1936). Buxoro viloyati Shofirkon MTSida bosh agronom (1936-37), SoyuzNIXIda aspirant, boʻlim mudiri (1937—41), OʻzSSR Davlat kontroli xalq komissarining birinchi oʻrinbosari (1941 — 45), Dehqonchilik xalq komissari, vaziri, OʻzSSR s-zlar vaziri (1946 — 50), Oʻzbekiston FA Qishloq xoʻjaligi in-ti (Oʻsimliklar eksperimental biologiyasi in-ti) direktori (1948 — 50), Oʻzbekiston FA Prezidiumining bosh ilmiy kotibi (1952), Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi vaziri (1953—57), UzSSR Ministrlar Soveti raisi oʻrinbosari (1957 — 60), Uzbekiston FA Usimliklar eksperimental biologiyasi in-tida boʻlim mudiri (1960-62), in-t direktori (1963 — 66). Afgʻoniston (1967-70) va Hindiston (1972—76)da SSSR elchixonasida maslahatchi boʻlib ishladi. Butunittifoq Usimlikshunoslik inti Urta Osiyo tajriba st-yasi direktori (1970 — 72), VASXNIL Urta Osiyo boʻlimi Prezidiumi raisi oʻrinbosari (1977 — 78). 1979-y. dan Uzbekiston FA Usimliklar eksperimental biologiyasi in-tida lab. mudiri, 1981-y. dan YUNESKOning «Inson va biosfera» Uzbekiston milliy qoʻmitasi raisi. Respublika Agrosanoat kompleksi oliy maktabida kafedra mudiri (1987-92).

Muhammadjonovning ilmiy ishlari gʻoʻza, makkajoʻxori, beda va q. x. ekinlari biologiyasi, agrotexnikasi, almashlab ekish, sugʻoriladigan tuproklar unumdorligini oshirish, sugʻorma intensiv dehqonchilik, shuningdek, q. x. iqtisodiyoti masalalariga bagʻishlangan. «Shuhrat» medali bilan mukofotlangan (1994).

As: Agrotexnika xlopchatnika, T., 1953; Sevooborotы i uglubleniye paxotnogo sloya pochvы v rayonax xlopkovodstva, T., 1962; Novaya sistema zemledeliya po korennomu povыsheniyu plodorodiya oroshayemыx pochv, T., 1978.

Ad.: Akademik Mirzaali Valiyevich Muxammadjonovning hayot yoʻli, T., 1995.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x