VAYGACH

VAYGACH — Shim. Muz. okeanidagi orol, Barens va Kara dengizlari orasida. Vaygachni materikdan torgina Yugorskiy Shar boʻgʻozi, Novaya Zemlya o. dan esa keng Kara Darvozasi boʻgʻozi ajratib turadi. Maʼmuriy jihatdan RF Arxangelsk viloyati Neneslar muxtor okrugiga qaraydi. Mayd. 3,4 ming km2, uz. 100 km, eni 45 km. Iqlimi sovuq. Tundra oʻsimliklari oʻsadi. Qutb tulkisi, oq … Читать далее

BULUNGʻUR TUMANI

BULUNGʻUR TUMANI — Samarqand viloyatidagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. Bulungʻur tumani shim. da Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumani, sharqda Baxmal tumani, gʻarbda Samarqand viloyatining Jomboy tumani, jan. garbda Toyloq tumani, jan. da Urgut tumani va jan. sharqda Tojikiston bilan chegaradosh. Mayd. 0,76 ming km2. Aholisi 116,8 ming kishi (2000). Bulungʻur tumanida 1 shahar … Читать далее

VORKUTA

VORKUTA — RF Komi Respublikasidagi shahar (1943-y. dan), Vorkuta daryosi boʻyida, Qutb doirasidan 160 km shim. da. Kotlas sh. dan boradigan t. y. ning oxirgi st-yasi. Aholisi 117 ming kishi (1999). Pechora koʻmir havzasida koʻmir qazib chiqariladigan yirik markaz (Vorkuta koʻmir k-ti bor). V. da yogʻoch k-ti, mexanika, tuzatish-mexanika, qurilish materiallari (sement, gʻisht) va b. … Читать далее

VOLIN VILOYATI

VOLIN VILOYATI — Ukrainaning shim.-gʻarbidagi viloyat. 1939-y. 4 dek. da tuzilgan. Mayd. 20,2 ming km2. Aholisi 1071 ming kishi (1999), shaharliklar 49%. 11 shahar, 21 shaharcha bor. Markazi — Lusk sh. Volin viloyatining koʻp qismi Polesye pasttekisligida, ozroq (jan.) qismi Volin qirlarining shim.-gʻarbida joylashgan. Foydali qazilmalari: toshkoʻmir, torf, boʻr, gil, qum, ohaktosh, mergel. Iqlimi moʻtadil … Читать далее

BRITANIYA KOLUMBIYASI

BRITANIYA KOLUMBIYASI — Kanada gʻarbidagi provinsiya. Mayd. 947,8 ming km2. Aholisi 3,0 mln. kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Viktoriya sh. B. K. Tinch okean sohili boʻylab joylashgan. Tarkibiga Vankuver, Qirolicha Sharlotta va b. orollar ham kiradi. Relyefi togʻli (Qoyali togʻlar, Kordilyera togʻi tizmalari va b.). Sohil qismida iqlimi yumshoq, sernam, togʻlarda sovuq, … Читать далее

BREST

BREST — Fransiyaning shim. gʻarbidagi shahar. Aholisi 148 ming kishi dan ziyod (1996). Atlantika okeani boʻyidagi yirik savdo markazi va dengiz arsenali. Mashinasozlik, jumladan kemasozlik, toʻqimachilik, kimyo, oziqovqat sanoati korxonalari, dengizchilik maktabi, ratusha, birja, teatr bor. Пост Навигацияси

VINNITSA

VINNITSA — Ukrainadagi shahar, Vinnitsa viloyatining markazi. Jan. Bug daryosi boʻyida. T. y. tuguni. Ahrlisi 381 ming kishi (1999). Shahar birinchi marta 1363-y. dan tilga olingan. Ukrainaning yirik sanoat va madaniyat markazlaridan. Vinnitsada oziq-ovqat (yogʻ-moy, meva konserva va goʻsht), yengil (poyabzal, tikuvchilik, trikotaj, attorlik f-kalari va b.), kimyo (kimyo k-ti), mashinasozlik (shu jumladan traktor agregatlari, … Читать далее

BOTANIKA BOGʻI

BOTANIKA BOGʻI — tirik oʻsimliklar kolleksiyasini yigʻadigan va shu asnoda oʻsimliklar dunyosi xillari va boyligini oʻrganadigan, botanika sohasidagi bilimlarni tashviqot qiladigan i. t., oʻquvyordamchi va madaniymaorif muassasasi. Botanika bogʻi asosini ochiq dalada va oranjereyalarda oʻstirilib, i. t. ishlarida va koʻrgazmalarda foydalaniladigan oʻsimliklar kolleksiyasi tashkil etadi. Oʻsimliklarni joylashtirishda geografik, sistematik va ekologik tamoyillardan foydalaniladi. Kupchilik Botanika … Читать далее

BORTDAGI HISOBLASH MASHINASI

BORTDAGI HISOBLASH MASHINASI — suv osti va suv usti kemalari, aerodinamik va kosmik uchish apparatlari bortiga oʻrnatiladigan hisoblash qurilmasi yoki hisoblash mashinalari majmui. U harakatlanayotgan obyektga (mas, suv osti kemasiga) tashqaridan uzatiladigan hamda bortdagi radiolokatsion, radiotexnik, optik va b. tizimlardan keladigan turli axborotlarni ishlab chiqadi. Bu axborotlar obyektni va uning bortidagi tizimlarni boshqarish, ekipaj aʼzolarining … Читать далее

BORISOV

BORISOV — Belorussiyaning Minsk viloyatidagi shahar (1795-y. dan). T. i. stansiyasi. Berezina daryosi boʻyidagi pristan. Aholisi 150,7 ming kishi (1999). Mashinosozlik («Ekran» i. ch. birlashmasi va b.), yogʻochsozlik, kimyo va kimyofarmatsevtika, oziq-ovqat, yengil sanoat korxonalari ishlab turibdi. Musika asboblari, billur ishlab chiqariladi. Oʻlkashunoslik muzeyi bor. B. ga 1102-y. da asos solingan, 12a, oxirida Litva, soʻngra … Читать далее