BOTANIKA BOGʻI

BOTANIKA BOGʻI — tirik oʻsimliklar kolleksiyasini yigʻadigan va shu asnoda oʻsimliklar dunyosi xillari va boyligini oʻrganadigan, botanika sohasidagi bilimlarni tashviqot qiladigan i. t., oʻquvyordamchi va madaniymaorif muassasasi. Botanika bogʻi asosini ochiq dalada va oranjereyalarda oʻstirilib, i. t. ishlarida va koʻrgazmalarda foydalaniladigan oʻsimliklar kolleksiyasi tashkil etadi. Oʻsimliklarni joylashtirishda geografik, sistematik va ekologik tamoyillardan foydalaniladi. Kupchilik Botanika bogʻida dendrariylar va togʻ oʻsimliklari (alpinariylar), foydali oʻsimliklar (dorivor, oziq-ovqat, texnika, dekorativ va b.) uchastkalari boʻladi. Yirik Botanika bogʻida 2—3 minglab oʻsimlik turlari oʻstiriladi. Botanika bogʻining asosiy ilmiy vazifasi — foydali oʻsimliklarni qidirib topish, ularni kompleks oʻrganish va introduksiya qilishdan iborat.

Botanika bogʻi tarixan dastlabki ilmiy botanik markaz hisoblanadi. Ulardan koʻpchiligi botanikaning bir qator boʻlimlari boʻyicha tadqiqot olib boradigan kompleks intlar hisoblanadi; boshqalari muayyan mavzu yoki muammolar boʻyicha ixtisoslashgan boʻladi.

Botanika bogʻi Yevropada monastir bogʻlari asosida vujudga kelgan. Dastlabki Botanika bogʻi 14-a. da Italiyada (Salerno, 1309; Venetsiya 1333) paydo boʻlgan. 16 — 17-a. larda Botanika bogʻi Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Angliya, Shvetsiya va b. mamlakatlarda tashkil etilgan, ularda asosan dorivor oʻsimliklarni oʻrganish sohasida tadqiqotlar olib borilgan. Buyuk geografik kashfiyotlar davrida Botanika bogʻi lari boshqa oʻlkalardan keltirilgan oʻsimliklarni sinovdan oʻtkazish bilan shugʻullanadi. Botanika bogʻidan eng yiriklari 25 ming oʻsimlik turiga ega boʻlgan Ksyu (London), Edinburg (35 ming), K. Linney ishlagan Upsala (10 ming), Utrext (10 ming), Bryussel (13,5 ming), Berlin (18 ming), Jeneva (15 ming) va b. shaharlarda mavjud. Amerika qitʼasida Botanika bogʻi 18-a. dan tashkil etila boshlandi. Bu kitʼada NyuYork (15 ming), Bruklin (8 ming), Monreal (20 ming), RiodeJaneyro (7,5 ming) Botanika bogʻi eng yirik bomardir. 18—19-a. larda Botanika bogʻilari Osiyo va Afrika mamlakatlarida tashkil etila boshlandi. Ular orasida eng mashhurlari Kalkutta (Hindiston), Bogor (Indoneziya), Paradeniya (Indoneziya)dagi Botanika bogʻi hisoblanadi. Podsho Rossiyasi hududida Botanika bogʻi 19-a. dan tashkil etila boshlagan. Ular orasida eng asosiylari Nikita (Qrim), Tbilisi, Batumi, Ukraina, Sibir B. b. va Moskvada joylashgan Rossiya FAning Bosh B. b. hisoblanadi.

Oʻzbekistonda Botanika bogʻi 1921-y. da Toshkent davlat un-ti qoshida tashkil etilgan. Toshkentdagi Botanika bogʻi dunyodagi eng yirik Botanika bogʻi qatoriga kiradi. (q. Botanika institutы va botanika bot).

Ad.: Botanicheskiye sadы mira (Kratkiy spravochnik) M., 1959; Rusanov F. N., Botanicheskiy sad AN UzSSR, T., 1963.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x