BUGʻDOY

BUGʻDOY (Triticum) — gʻalladoshlar oilasiga mansub oʻtsimon oʻsimliklar turkumi; eng qad. va hoz. dunyoning koʻpgina mamlakatlarda ekiladigan asosiy don ekini. Somatik hujayralarida xromosomalarning soniga koʻra farq qiladigan 3 (diploid, tetraploid, geksaploid) qatorga kiradigan 30 ga yaqin yovvoyi va madaniy turlari bor. Jahon dehqonchiligida asosan yumshoq Bugʻdoy yoki oddiy Bugʻdoy (T. aestivum, T. vulgare) va qattiq … Читать далее

VANKUVER

VANKUVER — Shim. Amerikaning gʻar-biy qirgʻogʻi yaqinidagi orol. Kanadaga qarashli. Mayd. 32,2 ming km2. Yirik shahri va porti — Viktoriya. V. quyi mezozoyda vujudga kelgan. Relyefi togʻli, bal. 2200 m gacha. Temir rudasi, tosh-koʻmir va b. foydali qazilmalar bor. Gʻarbiy qirgʻoqlarida fyord koʻp. Iqpimi moʻtadil, dengiz iqlimi. 2000 mm gacha yogʻin yogʻadi. Igna bargli va … Читать далее

BUXGOLS EKSPEDITSIYASI

BUXGOLS EKSPEDITSIYASI — Turkistonga josuslik maqsadida yuborilgan harbiy ekspeditsiya. Petr I ning 1714-y. 22 may farmoni bilan tuzilgan. 1715-y. Tobolskdan chiqib, Irtish daryosining yuqori oqimi boʻylab yoʻl olgan 60 kema va 3 ming kishidan iborat ekspeditsiyaga rus ofitseri I. D. Buxgols rahbarlik qilgan. Uning maqsadi Irtish daryosi boʻyiga qalʼa qurish, Amudaryodagi oltin sochmalarni tekshirish va … Читать далее

BURJ

BURJ — Quyoshning yillik koʻrinma harakati doirasidagi oʻn ikki yulduz turkumining nomlari. Bu soʻz zodiak yulduzi turkumlari Dayav, Hut. Hamal, Savr, Javzo, Saraton, Asad, Sunbula, Mezon, Aqrab, Qavs, Jadylarga nisbatan qoʻllaniladi (jadvallarga q.). Ular Quyoshning yillik koʻrinma harakat yoʻli (ekliptika) boʻylab joylashgan. Har birida Quyosh taxm. bir oycha boʻladi. Burj yulduz turkumlaridan Quyosh sistemasining deyarli … Читать далее

BUKEYIYLAR

BUKEYIYLAR — 19-a. ning boshlarida Ural va Volga daryolari oraligidagi dashtlarga koʻchib kelib, Bukey Oʻrdasыni barpo qilgan Kichik juz qozoqlarining bir qismi. Bukeyiylar 1885 i. 237 ming kishi boʻlgan. Ular aday, jappas, boyboqti, tana, bersh, cherkesh, maskar, issiq, esontemir, olacha, qizil qurt, toz, tama, kerderi, tobin, kite kabi qozoq urugʻlari vakillaridan iborat bulib, 20-a. ning … Читать далее

BUAKE

BUAKE, Bvake — KotdʻIvuarning markaziy qismidagi shahar. Buake departamenti maʼmuriy markazi. Aholisi 333 ming kishi (1990). Transport yoʻllari tuguni. Xalqaro aeroport bor. Q. x. mahsulotlari (paxta, kofe, kakao, banan, ananas, sholi va b.) yetishtiriladigan r-n markazi. Toʻqimachilik, koʻn poyabzal, oziq-ovqat sanoati, paxta tozalash va sholi oqlash korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Пост Навигацияси

BRYUGGE

BRYUGGE — Belgiya shim. gʻarbidagi shahar. Gʻarbiy Flandriya provinsiyasi maʼmuriy markazi. Aholisi 117 ming kishi (1992). Transport yoʻllari tuguni; dare va dengiz porti, kema katnaydigan kanallar tutashgan joyda. Metallsozlik, mashinasozlik (kemasozlik va kema taʼmirlash, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish, televizorlar i. ch.), kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Toʻr toʻqiladi. Niderlandiya sanʼati muzeyi, Munitsipal badiiy galereya, … Читать далее

BREMEN

BREMEN — Germaniya yeri yoki erkin Ganza shaxri. Shim. Germaniya pasttekisligida, Vezer daryosining Shimoliy dengizga quyilish joyida, bir-biridan 65 km masofada joylashgan ikki shahar — Bremen va Bremerxafenni (avanport) oʻz ichiga oladi, bu ikki shahar oraligʻidagi yerlar quyi Saksoniya hududi tarkibida. Mayd. 404 km2. Aholisi 680 ming kishi (1995). Bremen — Germaniya yerlarining eng kichigi. … Читать далее

BOGʻOT

BOGʻOT — Xorazm viloyatidagi qishloq. Boyut tumanы markazi. Bogʻot shim. gʻarbda Xoʻjalik, jan. sharqda Beshariq qishloqlariga yondosh. Yaqin t. y. stansiyasi Xonqadan 12 km. Bogʻotdan Urganchgacha 30 km. Aholisi 8,8 ming kishidan ziyod (2000). Tarixiy manbalardan Bogʻot 2000-yillik tarixga ega ekanligi maʼlum. Bogʻot jan. dagi Qalʼajiq (Dovudqalʼa) dan topilgan buyumlar milod boshlariga oidligi aniqlangan. Bu … Читать далее

BOTIRMIRZAYEV

BOTIRMIRZAYEV Noʻxay (1869 Dogʻiston, Oqsoy qishlogʻi — 1919, okt.) — qoʻmiq yozuvchisi, maʼrifatparvar. «Tong choʻlponi» (1916) adabiydramatik toʻgaragi va shu nomdagi jur. tashkilotchilaridan. Botirmirzayev «Baxtsiz Habibat», «Horun va Zubayda» (1910), «Dovud va Laylo» (1912) kabi qissalari b-n qoʻmiq milliy nasriga asos soldi. Asarlarida qoʻmiq xalqining, ayniqsa qoʻmiq ayollarining qismati, orzuumidlari, intilishlari, ozodligi, maʼrifatparvarlik, doʻstlik gʻoyalari … Читать далее