VAYGACH

VAYGACH — Shim. Muz. okeanidagi orol, Barens va Kara dengizlari orasida. Vaygachni materikdan torgina Yugorskiy Shar boʻgʻozi, Novaya Zemlya o. dan esa keng Kara Darvozasi boʻgʻozi ajratib turadi. Maʼmuriy jihatdan RF Arxangelsk viloyati Neneslar muxtor okrugiga qaraydi. Mayd. 3,4 ming km2, uz. 100 km, eni 45 km. Iqlimi sovuq. Tundra oʻsimliklari oʻsadi. Qutb tulkisi, oq sichqon kabi hayvonlar uchraydi. Qirgʻoq yaqinida morj va tyulen koʻp. 1950 i. dan qutb st-yasi ishlab turibdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x