VINNITSA

VINNITSA — Ukrainadagi shahar, Vinnitsa viloyatining markazi. Jan. Bug daryosi boʻyida. T. y. tuguni. Ahrlisi 381 ming kishi (1999). Shahar birinchi marta 1363-y. dan tilga olingan. Ukrainaning yirik sanoat va madaniyat markazlaridan. Vinnitsada oziq-ovqat (yogʻ-moy, meva konserva va goʻsht), yengil (poyabzal, tikuvchilik, trikotaj, attorlik f-kalari va b.), kimyo (kimyo k-ti), mashinasozlik (shu jumladan traktor agregatlari, asbobsozlik, elektrotexnika, radiotexnika apparaturalari, podshipnik z-dlari) va metallsozlik sanoatlari rivojlangan. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. 3 oliy oʻquv yurti, musiqa, tibbiyot bilim yurtlari, 3 muzey, musiqali drama te-atri, qoʻgʻirchoq teatri va filarmoniya ishlab turibdi. 1793-y. dan Rossiya imperiyasi qoʻl ostida boʻlib kelgan. Iezuit (17-a.), dominikan (18-a.) va kaputsin (18-a.) ibodatxonalari, Yuryev (18-a.) va Nikolayev (18-a.) yogʻoch cherkovlari saqlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x