BRITANIYA KOLUMBIYASI

BRITANIYA KOLUMBIYASIKanada gʻarbidagi provinsiya. Mayd. 947,8 ming km2. Aholisi 3,0 mln. kishidan ziyod (1990-y. lar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Viktoriya sh. B. K. Tinch okean sohili boʻylab joylashgan. Tarkibiga Vankuver, Qirolicha Sharlotta va b. orollar ham kiradi. Relyefi togʻli (Qoyali togʻlar, Kordilyera togʻi tizmalari va b.). Sohil qismida iqlimi yumshoq, sernam, togʻlarda sovuq, yillik yogʻin 240 mm, vodiylarda 300—400 mm. Asosiy daryolari — Freyzer, Kolumbiya. Ygna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan. Sanoatining asosiy tarmoqlari: konchilik (rux, qoʻrgʻoshin, molibden, mis va b.), taxta tilish, sellyulozaqogʻoz. Rangli metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Togʻ daryolariga GES qurilgan. Q. x. da sut chorvachiligi yetakchi oʻrinda, sabzavot va mevalar yetishtiriladi. Baliqovlanadi. Muhim sanoat markazlari — Vankuver va Viktoriya sh.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x