VEZER

VEZER — Germaniya shim. dagi daryo, Shimoliy dengizga quyiladi. Verra va Fulda daryolarining Myunden sh. yonida qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Uz. 440 km (irmogʻi Verra boshidan hisoblaganda 724 km); eng katta irmogʻi — Aller. Havzasining mayd. 46 ming km2. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Bahorda toshadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi quyi oqimida 312 m3/sek. Kichikroq GESlar … Читать далее

VOHON TILI

VOHON TILI — vohonlar tili. Panj daryosining boʻylarida — Tojikiston va Afgʻonistonda hamda Sharqiy Turkistonda, qisman Pokistonda tarqalgan. Hind-yevropa tillari oilasining Hind-Eron tillari guruhiga mansub. Sarikoʻl, ishkoshim, yatnob, yazgʻulom, shugʻnon, rushan kabi hoz. mavjud kichik xalqlar tillari bilan aloqador. Sharqiy eroniy tillardan sugʻd, sak, toxar, xorazmiy tillari oʻzbek tilining shakllanishida katta ahamiyat kasb etgan substrat … Читать далее

VOLTA

VOLTA — Gʻarbiy Afrikadagi daryo, asosan Gana hududidan oqib oʻtadi. Oq V. va Qora Voltaning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Gvineya qoʻltigʻiga delta hosil qilib quyiladi. Uz. 1600 km, havzasining mayd. 384 ming km2. Asosiy irmogʻi — Oti daryosi. Yogʻingarchilik davri (iyul — okt.) da toʻlib oqadi, baʼzan toshadi. Bu vaqtda suv sathi 14 m gacha koʻtariladi. … Читать далее

VOBKENT

VOBKENT (oʻgʻuz shevasidagi «vob» yoki «vahobkent» — «boʻz, qoʻriqaagi qishloq» maʼnosida) — Buxoro viloyatidagi shahar (1981-y. dan). Vobkent tumaninint maʼmuriy markazi. Vobkent — koʻhna shaharlardan biri. Oʻrta asrlarda Vobkent atrofida bir necha qishloq-qoʻrgʻonlar boʻlgan. Vobkentning gʻarbida joylashgan Narshax qishlogʻi shulardan biri. 10-a. da yashagan tarixchi olim Narshaxiy shu qishloqda tavallud topgan. Narshax qishlogʻi Muqanna qoʻzgʻoloni … Читать далее

VLADIVOSTOK

VLADIVOSTOK — RFdagi shahar, Primorye oʻlkasining markazi (1888-y. dan). Sibir t. y. magistralining oxirgi punkti. Tinch okean sohilidagi yirik port. Yirik aeroport bor. Zolotoy Rog buxtasi atrofida va Amur qoʻltigʻining sharqiy sohili boʻylab amfiteatr shaklida joylashgan. Axoliyey 648 ming kishidan ziyod (1999). Vladivostok 1860-y. da bunyod etilgan. 1862-y. dan port, 1880-y. dan shahar. V. da … Читать далее

BATA

BATA — Ekvatorial Gvineyadagi shahar. Mamlakatning materik qismi — Rio-Munining maʼmuriy markazi. Aholisi 24 ming kishi (1985). Gvineya qoʻltigʻidagi yirik port, chetga kofe, kakao, palma moyi va yongʻogʻi chiqaradi. Sement va taxta tilish z-dlari bor. Пост Навигацияси

BASKLAR

BASKLAR (oʻzlarini euskaldunak deb atashadi) — Ispaniya (950 ming), Fransiya (140 ming)dagi xalq. Shuningdek Lotin Amerikasi mamlakatlarida ham yashaydi. Umumiy soni 1,25 mln. kishi (1992), bask tilida soʻzlashadi, dindorlari — katoliklar. Пост Навигацияси

VINNIPEG

VINNIPEG — Kanadaning jan. dagi shahar. Manitoba provinsiyasining maʼmuriy markazi. Assiniboyn daryosining Red-River daryosiga quyilish yerida joylashgan. Aholisi 617 ming kishi. Trans-Kanada t. y. va avtomobil yoʻllarining muhim tuguni. Aeroport bor. Kanada dasht r-nlarining savdotaqsimot markazi. Vinnipeg dunyo ahamiyatiga ega don bozori. Oziq-ovqat, tikuvchilik, mebel, poligrafiya, kimyo, elektrotexnika sanoatlari, neftni qayta ishlash, metallsozlik va mashinasozlik, … Читать далее

VILNYUS

VILNYUS (avvalgi nomlari Vilno, Vilna) — shahar, Litva Respublikasi poytaxti, yirik sanoat va madaniyat markazi. Nyaris (Viliya) va Vilnya (Vilnyale) daryolari tutashgan yerda. Shahar Vilnya daryosi nomi bilan atalgan (litvacha vilnya, vilnis — «toʻlqin» demak). Yanv. ning oʻrtacha t-rasi —5,3°, iyulniki 17,9°. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 591,2 ming kishi (1999). Vilnyus birinchi … Читать далее

VIKTORIYA

VIKTORIYA — Kanadadagi shahar, Vankuver o. ning jan.-sharqida. Britaniya Kolumbiyasi provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 71,2 ming kishi (1991). Tinch okean sohilidagi port. V. orqali chetga yogʻoch va baliq mahsulotlari chiqariladi. Kemasozlik va yogʻochni qayta ishlash sanoati va turizm rivojlangan. Un-t bor. Shaharga 1849-y. da asos solingan. Пост Навигацияси