VOLIN VILOYATI

VOLIN VILOYATI — Ukrainaning shim.-gʻarbidagi viloyat. 1939-y. 4 dek. da tuzilgan. Mayd. 20,2 ming km2. Aholisi 1071 ming kishi (1999), shaharliklar 49%. 11 shahar, 21 shaharcha bor. Markazi — Lusk sh.

Volin viloyatining koʻp qismi Polesye pasttekisligida, ozroq (jan.) qismi Volin qirlarining shim.-gʻarbida joylashgan. Foydali qazilmalari: toshkoʻmir, torf, boʻr, gil, qum, ohaktosh, mergel. Iqlimi moʻtadil kontinental. Iyulning oʻrtacha t-rasi 18,6°, yanv. niki —4,5°. Yiliga 550—600 mm yogʻin yogʻadi. Vegetatsiya davri 200 kun. Daryolari: Pripyatning bosh qismi va uning oʻng irmoqlari. Tuprogʻi chimli podzol va qrratuproq. Hududining ʻ/5 kismi oʻrmon, ʻ/4 kismi botqoqlik.

Oziq-ovqat (shakarqand, goʻsht), mashinasozlik (avtomobilsozlik, priborsozlik, q. x. mashinalari, podshipniklar va b.) sanoati yetakchi oʻrinda. Lvov-Volin havzasida koʻmir qazib chiqariladi. Oʻrmon va yogʻochsozlik sanoati korxonalaridan taxta tilish z-dlari (Suman. Zabolotye, Kiversi), yogʻochsozlik (Kiversi), mebel k-ti (Suman) va kimyo-oʻrmon xoʻjaliklari (Lusk, Kovel), yengil sanoat tarmoqlaridan tikuvchilik va poyabzal f-kalari (Lusk, Vladimir-Volinskiy va Kovel) bor. Donli ekinlar (kuzgi bugʻdoy, grechixa, arpa, makkajoʻxori), texnika ekinlari (qand lavlagi, tolali zigʻir), sabzavot, kartoshka ekiladi. Sutgoʻsht chorvachiligi va choʻchqachilik asosiy oʻrin tutadi. Qoʻy va echki ham boqiladi. Stir daryosida kema qatnaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x