BORTDAGI HISOBLASH MASHINASI

BORTDAGI HISOBLASH MASHINASIsuv osti va suv usti kemalari, aerodinamik va kosmik uchish apparatlari bortiga oʻrnatiladigan hisoblash qurilmasi yoki hisoblash mashinalari majmui. U harakatlanayotgan obyektga (mas, suv osti kemasiga) tashqaridan uzatiladigan hamda bortdagi radiolokatsion, radiotexnik, optik va b. tizimlardan keladigan turli axborotlarni ishlab chiqadi. Bu axborotlar obyektni va uning bortidagi tizimlarni boshqarish, ekipaj aʼzolarining sogʻligini va bortdagi tizimlarining ishga yaroqliligini nazorat qilib turish uchun zarur boʻladi. Bortdagi hisoblash mashinasi tezkor qurilma boʻlib, 1 sek. da bir necha oʻnlab ming amalni bajara oladi. Bortdagi hisoblash mashinasi sifatida elektron raqamli hisoblash mashinasi va baʼzan, gibrid hisoblash tizimiayan foydalaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x