VORKUTA

VORKUTA — RF Komi Respublikasidagi shahar (1943-y. dan), Vorkuta daryosi boʻyida, Qutb doirasidan 160 km shim. da. Kotlas sh. dan boradigan t. y. ning oxirgi st-yasi. Aholisi 117 ming kishi (1999). Pechora koʻmir havzasida koʻmir qazib chiqariladigan yirik markaz (Vorkuta koʻmir k-ti bor). V. da yogʻoch k-ti, mexanika, tuzatish-mexanika, qurilish materiallari (sement, gʻisht) va b. sanoat korxonalari bor. Drama va qoʻgʻirchoq teatrlari, telemarkaz ishlab turibdi. Vorkuta 1931-y. vujudga kelgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x