PLATONIZM

PLATONIZM — keng maʼnoda — Platon (avvalo uning eydoslar haqidagi) taʼlimotiga ergashgan falsafiy okimlar; butun Yevropa falsafasiga Platonizm bevosita yoki bavosita taʼsir koʻrsatgan. Tor maʼnoda — mil. av. 4-a. dan boshlab yunon falsafasidagi yoʻnalish. 3-a. dan Platonizmning asosiy shakli neoplatonizm boʻlib qoldi. Oʻrta asrlarda Platonizm aristo-telizmga nisbatan deyarli sezilarli rol oʻynamagan. Platonizmga boʻlgan qiziqish Yevropada, … Читать далее

MUSHRIKIYLIK

MUSHRIKIYLIK (arab. – sheriklik) — koʻpxudolikning arab qabilalari oʻrtasida islom vujudga kelishidan oldin keng tarqalgan sodda shakli. Mushrikiy qabilalar turli sanam, tosh va h. k. ga, shuningdek, bir qancha erkak va ayol xudolarga eʼtiqod qilgan. Mushrikiylik tushunchasi Qurʼonda xudoni yakka deb eʼtirof etmay, uning sheriklari bor, yaʼni xudolar koʻp, deb tasavvur qilinadigan qabilaviy dinlar taʼlimotiga … Читать далее

METABOLIZM

METABOLIZM (yun. metabole — oʻzgarish) — hujayralarda sodir boʻladigan fermentativ reakiyalar majmui. Metabolizmda organik hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan moddalar va energiya xreil boʻladi. «Metabolizm» termini, koʻpincha, moddalar va energiya almashinuvining (q. Moddalar almashinuvi) hujayrada kechadigan bosqichlarini ifodalash uchun ishlatiladi. Bu jihatdan Metabolizm tor maʼ-noda oraliq almashinuvni, yaʼni moddalarning xz^kayra ichida oxirgi mahsulotga aylanishini ifodalaydi. … Читать далее

MILITSIYA

MILITSIYA (lot. militia — qoʻshin) (OʻzRda) — konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilish, jamoat tartibi va xavfsizligini saqlashga daʼvat etilgan, fuqarolar hamda davlat mulkini, qonunchilikni, aholi, korxona va tashkilotlarning qonuniy huquq va man-faatlarini himoya qiluvchi, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashuvchi maʼmuriy organ. OʻzR Vazirlar Mahkamasining «Ichki ishlar idoralarida xizmat utash tartibi haqidagi vaqtinchalik nizom» (1993-y. 8 yanv.), … Читать далее

MIKOBAKTERIYALAR

MIKOBAKTERIYALAR (Mycobacteriaceae) — aktinomitsetlar oilasi. Mikobakterium turkumini oʻz ichiga oladi. Koʻndalang kesimi 0,2—0,6 mk, uz. 1,0— 10 mkm, koʻpincha, bir oz egilgan yoki shoxlangan tayoqchalar. Ayrim turlari giflar hosil qiladi, lekin ular yana tayoqcha va kokklarga ajralib ketadi. Gramm musbat, kislotaga chidamli, harakatsiz. Hujayraning boʻlinishi orqali koʻpayadi; spora hosil qilmaydi. Tuproqsa keng tarqalgan. Saprofit Mikobakteriyalar … Читать далее

MEGASPORANGIY

MEGASPORANGIY (mega… va sporangiy) — har xil sporali qirqquloqsimonlar va urugʻli oʻsimliklarning bir yoki bir nechta megaspora rivojlanadigan organi. Megasporangiy sporofillar qoʻltiqlarida (selaginelalarda) yoki sporofilldagi maxsus boʻshliqda (izoeteslarda) yoki sporokarplar ichida (suv qirqquloqlarida) bittadan hosil boʻladi. Urugʻli oʻsimliklarda Megasporangiy nutsellus — urugʻkurtakning markaziy qismiga oʻxshash (yana q. Mikrospora). Пост Навигацияси

MATEMATIKA

MATEMATIKA (yun. mathematike, mathema — bilim, fan) — aniq mantiyey mushohadalarga asoslangan bilimlar haqidagi fan. Dastlabki obyekti sanoq boʻlgani uchun koʻpincha unga «qisobkitob haqidagi fan» deb qaralganʻ (bugungi Matematikada hisoblashlar, hatto formulalar ustidagi amallar juda kichik oʻrin egallaydi). Matematika eng qad. fan sohasi boʻlib, uzoq rivojlanish tari-xini bosib oʻtgan va buning barobarida «Matematika nima?» degan … Читать далее

MARKSIZM

MARKSIZM — K. Marks va F. Engels asos solgan falsafiy, iqtisodiy va siyosiy taʼlimot. Nemis mumtoz falsafasini (Gegel, Feyerbax va b.), ingliz siyosiy iqtisodini (Smit, Rikardo va b.), fransuz xayoliy sotsializmini (Sen-Simon, Furye va b.) oʻrganishga tayanib, Marks va Engels dialektik, tarixiy materializmga asoslangan falsafa, qoʻshimcha qiymat nazariyasiga asoslangan siyosiy iqtisod va kommunizm xdqidagi soxta … Читать далее

MARKETING

MARKETING (ing. market — bozor, bozordagi harakat, faoliyat) — korxonaning tovarlar i. ch. va sotishini tashkil etish hamda boshqarish shakli. «Marketing» atamasi isteʼmolga 19-a. ning 60-y. larida Makkovern tomonidan kiritilgan. Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida 20-a. boshlarida AQSHda ilk bor qoʻllanildi. I. ch. va kapitalning yuksak darajada toʻplanishi, iqtisodiyot tarmoqlarida … Читать далее

POʻKAK

POʻKAK, fellema — 1) oʻsimliklarning ikkilamchi qoplovchi oʻlik toʻqimasi; suberin (poʻkak modda) b-n toʻyingan, zich joylashgan poʻstli hujayralar majmui. Poʻkaksimon kambiy (fellogen) hujayralarining tangental boʻlinishidan hosil boʻladi. Poʻkak daraxtsimon oʻsimliklar va aksari koʻp yillik oʻtlarning turli organlarida vujudga keladi: ayniqsa, poʻkakli emanning poya va shoxlarida qalin boʻladi. Poʻkak suvni ortiqcha bugʻlanishdan, oʻsimlikni bakteriya, zamburugʻ va … Читать далее