MOZANDARON

MOZANDARON — Erondagi tarixiy viloyat. Gilon bilan Xuroson oraligida. Hoz. maʼmuriy boʻlinish boʻyicha oston (viloyat). 9—12-a. manbalarida Tabariston nomi bilan maʼlum. 13-a. dan esa Mozandaron deb atalgan. Sosoniylar davrida mustaqil hokimlik boʻlgan; keyinchalik arablar, somoniylar, saljuqiylar, moʻgʻullar qoʻl ostiga oʻtgan, ammo hokimiyatni mahalliy hokimlar boshqargan. Mozandaronni 14-a. oxirida Amir Temur qoʻshinlari egallagan. 16a. boshida Mozandaron … Читать далее

MOʻLJAR

MOʻLJAR (moʻgʻulcha boʻljar — uchra-shuv joyi va vaqti) — 1) harbiy qismlarning kelishuviga binoan uchrashuv joyi, manzili va vaqti; 2) jangovar harakatlar vaqtida askarlar tomonidan qaziladigan chuqur, okop. Merganlar Moʻljar ichida joylashib, dushmanni kamondan yoki oʻt ochish qurollaridan nishonga olgan; 3) qalʼa, qoʻrgʻon singari istehkomlarning gird-atrofida qaziladigan xandaq (yana q. Boʻljar). Пост Навигацияси

MOYAK

MOYAK, urugdon — erkaklar jinsiy bezi; yorgoq ichida joylashgan. Moyakda organizmdagi bir qancha funksiyalarga taʼsir koʻrsatadigan erkaklar jinsiy gormoni ishlanib, qonga oʻtadi. Balogʻatga yetgan davrda Moyak toʻliq yetiladi, yosh utishi b-n bir oz kichrayib boradi. Embrionda Moyak qorin boʻshligʻida belning yuqoridagi ikkita umurtqasi sohasida paydo boʻladi va tugʻilish davriga kelib yorgʻoqqa tushadi (yana k,. Jinsiy … Читать далее

MITOZ

MITOZ (yun. mitos — ip) , kariokinez — eukariot hujayralarning boʻlinib koʻpayish usuli. Mitozdan oldin hujayra boʻlinishga tayyorgarlik davri (interfaza)ni oʻtadi. Interfazada DNK, oqsil, ATF sintez boʻladi. Natijada xromosomalardagi DNK miqdori ikki hissa ortadi (q. Xromosomalar). Bu jarayon replikatsiya deyiladi. Mitoz 4 faza: profaza, metafaza, anafaza, telofazadan iborat. Profazada xromosomalar spirallashib, yiriklasha boshlaydi; yadro membranasi … Читать далее

MATEMATIK OʻYINLAR VA ERMAKLAR

MATEMATIK OʻYINLAR VA ERMAKLAR — matematik taxlil, topqirlik, oʻtkir zehnlilik talab qiladigan topshiriq yoki boshqotirmalar. Predmetli (Rubik kubchasi), yozibchizib (qalamni qogʻozdan uzmay shakl chizish) yoki ogʻzaki oʻynaladigan turlari mavjud. Faqat bir taraf katna-shadigan topshiriqlarni matematik ermaklar, ikki yoki undan ortiq taraf qatnashadiganlarni esa matematik oʻyinlar deb yuritish maqsadga muvofiq. Matematik oʻyinlar va ermaklar va e. … Читать далее

MANJURLAR

MANJURLAR, manchjurlar, (oʻzlarini manzu deb atashadi) — xalq, umumiy soni 10 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Asosiy qismi XXRning shim.-sharqiy qismi Dunbey (Manjuriya) da yashaydi. Tili — Oltoy moʻgʻul-tungus tiliga mansub, 16-a. dan moʻgʻul yozuviga ega. Dindorlari — buddizm, daosizm va b. dinlarga eʼtiqod qiladi. Hozirda Manjurlar orasida xitoy tilida soʻzlashish keng tarqalgan, manjur tili … Читать далее

MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI

MENDELEYEV DAVRIY SISTEMASI, kimyoviy elementlar davriy sistemasi — D. I. Mendeleyevning oʻzi kashf etgan davriy qonun asosida tuzgan elementlar davriy sistemasi, davriy qonunning grafik ifodasi. Mendeleyev davriy sistemasi mavjud elementlarning hammasini bir butun qilib birlashtiradi, ular oʻrtasida obyektiv qonuniy aloqa borligini koʻrsatadi va hali maʼlum boʻlmagan elementlarni, ularning xossalarini oldindan aytishga imkon beradi. Mendeleyevgacha ham … Читать далее

MAʼMURIY-HUDUDIY TUZILISH

MAʼMURIY-HUDUDIY TUZILISH — unitar davlat hududi yoki federativ davlat subyektlari hududining maʼlum qismlar (viloyatlar, guberniyalar, de-partamentlar va sh. k.)ga boʻlinishi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi ana shu boʻlinishga muvofiq tuziladi va ish olib boradi. Bunday boʻlinish idora etishning kulay, davlat organlariga aholikg. ng yaqin boʻlishini, i. ch. ni samarali tashkil qilishni nazarda tutib amalga oshiriladi. … Читать далее

MASHINA VA MEXANIZMLAR NAZARIYASI

MASHINA VA MEXANIZMLAR NAZARIYASI, mexanizmlar nazariyasi — mashina va mexanizmlar uchun umumiy boʻlgan xossalarni urganish va ularni loyihalashning umumiy usullari haqidagi fan. Mexanizmlar nazariyasi va mashinalar nazariyasi deb ataladigan qismlarga boʻlinadi. Mexanizmlar nazariyasi da mashina, asbob yoki apparatning barcha mexanizmlar (yoki mexanizmlar guruhi) uchun umumiy boʻlgan xossalar oʻrganiladi. Mashinalar nazariyasi da — texnikaning turli sohalaridagi … Читать далее

MEVALI DARAXTLARNI YoSHARTIRISH

MEVALI DARAXTLARNI YoSHARTIRISH — yangi novdalar oʻsib chiqishi uchun daraxtlarning eski va qurigan shoxlarini kesish; daraxt umrini uzaytirish va hosil berishini tiklash usullaridan biri. Mevali daraxtlar kariganida, asosiy shoxlarini tiklash, novdalarining oʻsishini tezlashtirish hamda meva hosil qiluvchi organlarini shakllantirish maqsadlarida qoʻllaniladi. Koʻpgina 25—30 yoshdagi olma, nok, 15—20 yoshdagi oʻrik, 8—12 yoshdagi olxoʻri, gilos va b. … Читать далее