MARKETING

MARKETING (ing. market — bozor, bozordagi harakat, faoliyat) — korxonaning tovarlar i. ch. va sotishini tashkil etish hamda boshqarish shakli. «Marketing» atamasi isteʼmolga 19-a. ning 60-y. larida Makkovern tomonidan kiritilgan. Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida 20-a. boshlarida AQSHda ilk bor qoʻllanildi. I. ch. va kapitalning yuksak darajada toʻplanishi, iqtisodiyot tarmoqlarida monopoliyalar qukmronligining, xalqaro bozorda keskin raqobatning vujudga kelishi mahsulot sotish muammosini obyektiv tarzda birinchi oʻringa chiqardi. 1908-y. da AQSHda Marketing muammolarini oʻrganadigan birinchi ixtisoslashgan firma paydo boʻldi. 1911-y. da esa oʻsha davrdagi bir qator yirik kompaniyalar tijorat tadqiqotlari bilan shugʻullanadigan dastlabki boʻlimlarni ochdi. Kompaniyalar huzurida bozorni oʻrganish, reklama, xaridorlarga xizmat koʻrsatish va boshqarishning boshqa vazifalari bilan shugʻullanadigan Marketing boʻlimlari taʼsis etila boshlandi. 1931-y. da Amerika M. jamiyati, 1937-y. da esa Amerika Marketing milliy uyushmasi tuzildi. 20-a. ning 50—60-y. larida xalqaro Marketing federatsiyasi, jamoatchilik fikri hamda marketing boʻyicha Yevropa jamiyati va Yevropa marketing akademiyasi kabi xalqaro Marketing tashkilotlari tuzildi.

Bozorni bilish (isteʼmolchilarni har tomonlama oʻrganish, ularning did va istaklarini bilish), bozorga moslashish, bozorga taʼsir oʻtkazish Marketingning asosiy tamoyillaridir. Shuningdek, Marketingni qoʻllash bilan bogʻliq masalalarni kompleks ravishda oʻrganish; mahsulot assortimentini rejalashtirish; talabni va savdoga ragʻbat beradigan tadbirlarni shakllantirish; savdo va taqsimot; boshqarish va nazorat qilish Marketing faoliyatining mazmunini belgilaydi. Mutaxassislar Marketingning 9 ta asosiy vazifasini koʻrsatib oʻtadilar: rejalashtirish va mahsulotni yaratish; mahsulotning navi va standartlarini belgilash; mahsulot xaridi va uni guruhlashtirish; sotish; omborga joylash; transport xizmati; M. faoliyatini moliyalash; xatarlar va bozorga oid axborotlar toʻplash. ^ Oʻzbekistonda 1980-y. lardan boshlab iqtisodiyot oʻquv yurtlarida Marketing kurslari oʻqitila boshlandi. Shu yillari Marketing masalalari bilan S. Salimov, S. Fylomov, A. Bekmurodov, J. Jalolov, M. Qosimova, D. Muhitdinov, M. Nasreddinova, X. Raimov kabi olimlar i. t. ishlari olib bordilar. 1986-y. da «SovplastItal» qoʻshma korxonasida birinchi boʻlib Marketing boʻlimi tuzildi. Key-ingi yillarda «Toshkent toʻqimachilik mashinasozlik zavodi» aksiyadorlik jamiyati, «V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi» davlat-aksiyadorlik birlashmasi, «Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi» aksiyadorlik jamiyati kabi korxonalarda ham Marketing boʻlimlari ochildi. Hoz. mamlakatimizda faoliyat kursatayotgan tijorat banklari, yirik i. ch. korxonalarining aksariyatida Marketing boʻlimlari ish olib boradi (yana q. Marketing xizmatlari).

Ad.: Kotler F., Osnovы marketinga, M, 1997; Nosirov P., Abdullayeva L., Marketing — bozor iqtisodiyoti asosi, T., 1995; Jalolov J. J., Marketing, T., 1999; Gʻulomov S. S, Marketing asoslari, T., 2002.

Jamolxon Jalolov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x