MIKOBAKTERIYALAR

MIKOBAKTERIYALAR (Mycobacteriaceae) — aktinomitsetlar oilasi. Mikobakterium turkumini oʻz ichiga oladi. Koʻndalang kesimi 0,2—0,6 mk, uz. 1,0— 10 mkm, koʻpincha, bir oz egilgan yoki shoxlangan tayoqchalar. Ayrim turlari giflar hosil qiladi, lekin ular yana tayoqcha va kokklarga ajralib ketadi. Gramm musbat, kislotaga chidamli, harakatsiz. Hujayraning boʻlinishi orqali koʻpayadi; spora hosil qilmaydi. Tuproqsa keng tarqalgan. Saprofit Mikobakteriyalar organik moddalarni minerallashtirishda ishtirok etadi; ayrim turlari parafinlar va b. uglevodlarni oksidlashda qatnashadi. Mikobakteriyalardan biosferani neft qoldigʻidan tozalashda foydalanish mumkin. Patogen turlari odam, hayvon va oʻsimliklarda kasallik paydo qiladi (oʻpka sili, prokaza).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x