VEGETATSION SUGʻORISH

VEGETATSION SUGʻORISH — oʻsuv davrida tuprokda optimal namlik yaratish uchun ekinlarga suv quyib turish. Bu davrdagi suv berish soni va muddatlari tuprokdagi namlik zahirasi, oʻsimlikning rivojlanish fazasi, sugʻorish maqsadlariga bogʻliq. Ekinni undirib olish, oʻgʻitlashdan keyingi (oʻgʻitni eritish maqsadlaridagi), sovuq urishdan saqlash uchun sugʻorishlar ham Vegetatsion sugʻorish sra kiradi (yana q. Sugʻorish). Пост Навигацияси

GAZETA

GAZETA (ital. gazzetta — chaqa pul) — kundalik voqealar toʻgʻrisida materiallar eʼlon qilinadigan davriy (vaqtli) bosma nashr. Ommaviy axborot va targʻibotning asosiy vositalaridan biri. Uning vazifasi jamiyatning axborotga boʻlgan ehgiyojini, maʼnaviy intellektual talablarini qondirishdan iborat. Gazeta faqat ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy hayot obyekti boʻlib qolmay, balki moddiy i. ch. obyekti, i. ch.-iqtisodiy munosabatlar sohasi hamdir. Shu bilan … Читать далее

BOʻYINCHA

BOʻYINCHA — 1) otulov abzali. Ish hayvoni (mas, ot)ni aravaga, juvozga, qoʻshga qoʻshganda ot boʻyniga kiydirib qoʻyiladigan abzal. B. xomutini koʻtarib turgani uchun uning ot boʻynini qisishi yoki ogʻritishidan saklaydi, otning aravani tortishiga qulaylik tugʻdiradi. Boʻyincha tayyorlash usuli: qoʻgʻa (ichi gʻovak va yumshoq oʻsimlik)ni namlab, bir-biriga oʻrab, chala Boʻyincha shakliga keltiriladi. Buni takbas (takbas tortish) … Читать далее

VARAXSHA

VARAXSHA — qad. shahar xarobasi. Buxorodan 40 km shim.-gʻarbda, Dashti Urganji koʻlining qad. Rajfandun vohasida joylashgan. Varaxsha mayd. 9 ga va bal. 10 — 20 m li ulkan tepa shaklida saqlangan. Varaxsha va uning atrofida Varaxsha Shishkin (1937-39, 1947-54) keng koʻlamda arxeologik tadqiqotlar olib borgan; A. Muhammadjonov (1975—77), O. V. Obelchenko (1977—79), G. V. Shishkina … Читать далее

BUXORODA 1910-YIL YANVAR VOQEALARI

BUXORODA 1910-YIL YANVAR VOQEALARI — Buxorodagi qonli fojia (9—11 yanv.). Shaharning shia mazhabidagi aholisi 9 yanv. kuni Oʻgʻlon darvozasi yaqinidagi sarbozxonada oʻzlarining motam marosimlari — «shaxseyvaxsey» (q. Ashuro) oʻtkazayotganliklarida sunniy mazhabidagi mullavachchalar ularning bu holidan kuladilar. Bundan gʻazablangan shialar bir mullavachchani oʻldiradilar va uchtasini qamattiradilar. Sunniylarning vakillari amirning Arkiga kelib qushbegi Ostonaquldan gunohkorlarni jazolash va … Читать далее

BREMEN

BREMEN — Germaniya yeri yoki erkin Ganza shaxri. Shim. Germaniya pasttekisligida, Vezer daryosining Shimoliy dengizga quyilish joyida, bir-biridan 65 km masofada joylashgan ikki shahar — Bremen va Bremerxafenni (avanport) oʻz ichiga oladi, bu ikki shahar oraligʻidagi yerlar quyi Saksoniya hududi tarkibida. Mayd. 404 km2. Aholisi 680 ming kishi (1995). Bremen — Germaniya yerlarining eng kichigi. … Читать далее

BOSH KOʻRSATKICHI

BOSH KOʻRSATKICHI — antropologiyada qoʻllaniladigan koʻrsatkich; bosh kengligining uzunligiga nisbati (foiz hisobida yuritiladi). Agar Bosh koʻrsatkichi 75,9 gacha boʻlsa — uzun bosh (dolixotsefal), 76,0 dan 80,9 gacha boʻlsa — oʻrta bosh (mezotsefal), 81,0 dan katta boʻlsa — dumaloq bosh (braxitsefal), deb ataladi. Bosh koʻrsatkichini shved anatomi A. Retsius (1842-y. da) taklif qilgan. Oʻtgan asrning 60—70-y. … Читать далее

BOSQOQ

BOSQOQ (turkiycha — bosuvchi, ezuvchi) — moʻgʻul xoni tomonidan qaram mamlakatlarga maxsus yorliq bilan yuborilgan amaldor, noib. Bosqoq oʻz maʼmuriy mavqeiga kura bek va lashkarboshipardan yuqori turgan. Bosqoqga maxsus harbiy otryad va turli mayda amaldorlar biriktirilgan bulib, uning vazifasi mahalliy hokimiyat faoliyatini nazorat qilish, soliq va oʻlpon yigʻish, tub aholini roʻyxatga olishdan iborat boʻlgan. Bosqoqlar … Читать далее

BOSMACHILIK

BOSMACHILIK — Turkistonda sovet hokimiyati va bosqinchi qizil armiyaga qarshi olib borilgan qurolli harakatga shoʻro hukumati davrida berilgan rasmiy nom. «Bosmachi» soʻzi aslida turkiy «bosmoq» (hujum qilmoq) feʼlidan yasalgan. Xalq oʻrtasida «bosmachi» deb harbiy birlikka aloqasi boʻlmagan jinoyatchi unsurlar, oʻgʻri va bezorilar tushunilgan. Shuningdek birovlarning yurtini bosib olgan bosqinchilarni ham «bosmachilar» deyish mantiqan toʻgʻri keladi. … Читать далее