MEGASPORANGIY

MEGASPORANGIY (mega… va sporangiy) — har xil sporali qirqquloqsimonlar va urugʻli oʻsimliklarning bir yoki bir nechta megaspora rivojlanadigan organi. Megasporangiy sporofillar qoʻltiqlarida (selaginelalarda) yoki sporofilldagi maxsus boʻshliqda (izoeteslarda) yoki sporokarplar ichida (suv qirqquloqlarida) bittadan hosil boʻladi. Urugʻli oʻsimliklarda Megasporangiy nutsellus — urugʻkurtakning markaziy qismiga oʻxshash (yana q. Mikrospora).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x