METABOLIZM

METABOLIZM (yun. metabole — oʻzgarish) — hujayralarda sodir boʻladigan fermentativ reakiyalar majmui. Metabolizmda organik hayot faoliyati uchun zarur boʻlgan moddalar va energiya xreil boʻladi. «Metabolizm» termini, koʻpincha, moddalar va energiya almashinuvining (q. Moddalar almashinuvi) hujayrada kechadigan bosqichlarini ifodalash uchun ishlatiladi. Bu jihatdan Metabolizm tor maʼ-noda oraliq almashinuvni, yaʼni moddalarning xz^kayra ichida oxirgi mahsulotga aylanishini ifodalaydi. Oziq moddalar hujayraga tushgach, bir kator kimyoviy oʻzgarishlarga uchraydi. Bunday reaksiyalarning muayyan tartibda ketma-ket roʻy berishi metabolitik yoʻl, hosil boʻlgan oraliq mahsulotlar metabolitlar deyiladi. Metabolizm anabolizm va katabolizmdan iborat (q. Katabolizm). Anabolizmda hujayralar va toʻqimalar tarkibiga kiruvchi moddalar sintezlanadi, hujayra tarkibi yangilanadi. Anabolitik reaksiyalar, asosan, qaytarilish reaksiyalaridan iborat boʻlib, ular erkin kimyoviy energiya sarf boʻlishi orqali boradi (q. Qaytarilish reaksiyalari). Katabolitik reaksiyalar, asosan, oksidlanish reaksiyalaridan iborat boʻlib, unda murakkab moddalar birmuncha oddiy molekulalargacha parchalanadi va energiya ajralib chiqadi (q. Oksidlanish reaksiyalari). Metabolizmning bu ikki tomoni oʻzaro chambarchas bogʻlangan (yana q. Assimilyatsiya, Dissimilyatsiya).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x