MUSHRIKIYLIK

MUSHRIKIYLIK (arab. – sheriklik) — koʻpxudolikning arab qabilalari oʻrtasida islom vujudga kelishidan oldin keng tarqalgan sodda shakli. Mushrikiy qabilalar turli sanam, tosh va h. k. ga, shuningdek, bir qancha erkak va ayol xudolarga eʼtiqod qilgan. Mushrikiylik tushunchasi Qurʼonda xudoni yakka deb eʼtirof etmay, uning sheriklari bor, yaʼni xudolar koʻp, deb tasavvur qilinadigan qabilaviy dinlar taʼlimotiga nisbatan ishlatilgan. Muhammad (sav) yakkaxudolik taʼlimotini targʻib qilib, Mushrikiylikni qoralagan, islom taʼlimoti Mushrikiylikka qarshi kurash jarayonida shakllangan (yana q. Shirk).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x