BOTANIKA BOGʻI

BOTANIKA BOGʻI — tirik oʻsimliklar kolleksiyasini yigʻadigan va shu asnoda oʻsimliklar dunyosi xillari va boyligini oʻrganadigan, botanika sohasidagi bilimlarni tashviqot qiladigan i. t., oʻquvyordamchi va madaniymaorif muassasasi. Botanika bogʻi asosini ochiq dalada va oranjereyalarda oʻstirilib, i. t. ishlarida va koʻrgazmalarda foydalaniladigan oʻsimliklar kolleksiyasi tashkil etadi. Oʻsimliklarni joylashtirishda geografik, sistematik va ekologik tamoyillardan foydalaniladi. Kupchilik Botanika … Читать далее

VETERINARIYA

VETERINARIYA, veterinariya tibbiyoti, baytariya (lot. veterinarius — hayvonlarni parvarish qiluvchi, hayvonlarni davolovchi) — hayvonlar kasalliklarini oʻrganuvchi fanlar majmui hamda hayvonlar kasalliklarining oldini olish va ularni yoʻqotish, aholini odam va hayvonlar uchun umumiy boʻlgan kasalliklardan muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlar tizimi. Veterinariya shartli ravishda 3 guruhga ajratiladigan fanlarni oʻz ichiga oladi: veterinariya – biologiya fanlari — hayvonlarning … Читать далее

BONDAREV Yuriy Vasilyevich

BONDAREV Yuriy Vasilyevich (1924. 15. 3, Orsk) — rus yozuvchisi. Oddiy askarlarning qahramonligi, insonning urushdagi ruhiyati Bondarev ijodining bosh mavzuidir («Batalyonlar oʻt ochishni soʻraydi» povesti, 1957; «Issiq qor» romani, 1969 va b.). «Sukunat» romani (1962) tinch hayotga qaytish haqida, «Sohil» (1975), «Saylov» (1980), «Oʻyin» (1985) kabi romanlarida insonning oʻz davri, vatani bilan aloqalari haqidagi axloqiyfalsafiy … Читать далее

VEGETATIV NERV SISTEMASI

VEGETATIV NERV SISTEMASI (lot. vegetatio — oʻsish, rivojlanish, qoʻzgʻalish) — odam va umurtqali hayvonlar nerv sistemasining bir qismi; V. n. s. ning tolalari barcha ichki aʼzolarning silliq muskullariga tarqalib, ular faoliyatini kishi ixtiyorisiz (avtonom holda) boshqarib turadi. Ammo Vegetativ nerv sistemasi animal (skelet muskullarigacha tarqaluvchi) nervlar singari bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻi boshqaruvida faoliyat … Читать далее

BOLTACHI (TABARDOR) MUHAMMAD POSHO

BOLTACHI (TABARDOR) MUHAMMAD POSHO (1660—1712) Usmonli turk imperiyasi sultoni Ahmadxon III davri (1703—30) dagi sadri aʼzam. Oʻsmirlik chogʻida sulton saroyiga kelib, boltachilar safiga xizmatga kirgan. Xushroʻy va xushovoz boʻlganidan edda «Xushroʻy muazzin» degan nom bilan tanilgan. 1704-y. sulton Ahmadxon III uni bosh miroxur etib tayinlagan, bir yildan keyin esa sadri aʼzam lavozimiga koʻtargan. 18 oy … Читать далее

BOYMUHAMEDOV Hosil Nurmatovich

BOYMUHAMEDOV Hosil Nurmatovich (1918.1.12 Toshkent 1990.14.7) — geolog olim. Oʻzbekiston FA akad. (1979), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1976), Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1979), geol. mineralogiya fanlari d-ri (1960), prof. (1962). Oʻrta Osiyo industrial in-tini tugatgan (1943). Oʻzbekiston Geol. boshqarmasida katta geolog va geologkonsultant (195052). Oʻrta Osiyo politexnika in-tida dotsent (1950—61). Geol. va mineral … Читать далее

BOBOYEV Qurbonali Latipovich

BOBOYEV Qurbonali Latipovich (1910.26.12, Oqmoʻla sh.2000.5,8, Toshkent) — geolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1974). geol. mineralogiya fanlari d-ri (1962), prof. (1963). Oʻrta Osiyo industrial intni tugatgach (1936), geol. ixtisosidagi turli muassasalarda foydali qazilmalarni qidirish ishlariga rahbarlik qilgan. Urush qatnashchisi (1942—43). 1944-y. dan «Uzbekoltinkamyobmet» trestida bosh geolog, direktor oʻrinbosari. Uzbekiston FA Geologiya in-ti direktori oʻrinbosari … Читать далее

BARBADOS

BARBADOS (Barbados) — Markaziy Amerikada, Kichik Antil o. larining Barbados o. da joylashgan davlat. Mayd. 430 km2. Aholisi 300 ming kishi (1995). Poytaxti — Brijtaun sh. Davlat tuzumi. Barbados — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibida mustaqil davlat. Davlat boshligʻi — Buyuk Britaniya qirolichasi (qiroli), hokimiyatni general-gubernator amalga oshiradi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali parlament; u … Читать далее

VAHHOBIYLIK

VAHHOBIYLIK — islom dinining sunniylik yoʻnalishi hanbaliya mazhabidagi oqim. Arabiston ya. o. ning markaziy qismi (Najd)da 18-a. oʻrtalarida paydo boʻlgan. Muhammad ibn Abdulvahhob (1703—92) asos solgan (nomi shundan). Ibn Abdulvahhob aqoidda ilohiyotchilar Ibn Taymiya (1263—1328) va Ibn Kasiyr (1300—72) ga ergashdi. Ibn Abdulvahhob diniy targʻibotni taxm. 1730-y. da boshlagan, oʻz otasining vafotidan (1740) soʻng uni … Читать далее