BEKMURODOV Toʻlqin Fayziyevich

BEKMURODOV Toʻlqin Fayziyevich (1935.18.4, Toshkent) — energetika va mexanika sohasidagi olim, Oʻzbekiston FA akad. (2000), texnika fanlari d-ri (1977), prof. (1978). Moskva energetika in-tini tugatgan (1958). Oʻzbekiston FA «Kibernetika» ilmiy i. ch. birlashmasi bosh direktori oʻrinbosari (198090), shu birlashmaning tizimli tadqiqotlar in-ti lab. mudiri (1997-y. dan), Qarshi davlat un-ti rektori (1992—97). Ilmiy ishlari informatika, hisoblash … Читать далее

VIBRATSIYA KASALLIGI

VIBRATSIYA KASALLIGI — kasb kasalliklaridan biri; vibratsiyanint odamga uzok, vakt taʼsir etishidan kelib chiqadi. Kasallikning kechishi va xarakteri titrash taʼsirotining kuchi va zarbiga bogʻliq; bunday titrash gavdaning maʼlum qismiga (mas., qoʻlga, qisman vibratsiya) va butun organizmga (umumiy vibratsiya) taʼsir etadi. Ayrim kasbdagi kishilar ishlatayotgan qoʻl asboblarining zarbi yoki ulardan toʻgʻri foydalana olmaslik, gavdani notoʻgʻri tutish, … Читать далее

BAGAMA OROLLARI

BAGAMA OROLLARI, Bagama Orollari Hamdoʻstligi (Commowealth of the Bahamas) — Mapkaziy Amerikadagi davlat. Karib dengizida, Florida ya. o. ning jan.sharqida. 700 oroldan iborat Bagama arxipelagida joylashgan. Mayd. 13,9 ming km2. Aholisi 284 ming kishi (1996). Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 16 kishi. Ularning 80% negrlar va duragaylar. Aholining 58% shaharlarda yashaydi. Mamlakat poytaxti — Nassau … Читать далее

VESTFAL SINDROMI

VESTFAL SINDROMI — nasldan naslga oʻtadigan nerv kasalligi. Bunda qoʻl-oyoq vaqt-vaqti bilan falaj boʻlib qoladi. Baʼzi bemorlarda bosh miyaning harakatlantiruvchi nervlari ham zararlanishi mumkin. Lekin bosh miya nervlari, ayniqsa yuz nervi va koʻzni harakatlantiruvchi nervlar borgan muskullar normal ishlaydi. Falajlangan qoʻl-oyoqdagi pay reflekslari zaiflashadi yoki yoʻqoladi. Kasallik xuruji, odatda, bir necha soat davom etadi. Xurujlar … Читать далее

VEKSLER

VEKSLER (Wechsler) Devid (1896.12.1, Lespedi, Ruminiya — 1981.2.5, Nyu-York-Siti) — amerikalik psixolog va psixiatr. Nyu-York unti tibbiyot kolleji klinik psixologiyasi prof. Belvyu shifoxonasining bosh psixologi (Nyu-York). Intellektni tadqiq etish boʻyicha mashhur. Intellektni oʻlchash Veksler shkalasi, «Xotiraning Veksler shkalasi» testlarining muallifi. Birinchi boʻlib verbal (nutqiy) va amaliy intellekt testlarini bir batareyaga birlashtirgan. Intellektdan tashqaridagi omillar gʻoyasini … Читать далее

VANUATU

VANUATU, Vanuatu Respublikasi (Ripablik blong Vanuatu) — Tinch okeanning jan.-gʻarbiy qismida joylashgan Yangi Gebrid o. lari (80 oroldan iborat) dagi davlat. Bu orollarning eng yiriklari Espiritu-Santo, Ambrim, Malekula, Maevo, Efate. Mayd. 12 190 km2. Aholisi 189,6 ming kishi (1990-y. lar oxiri). Poytaxti — Port-Vila sh. Maʼmuriy jihatdan 6 provinsiyaga boʻlingan. Davlat tuzumi. V. Respublikasi Buyuk … Читать далее

BRYUSSEL KARAMI

BRYUSSEL KARAMI (Brassica oleracea var. Gemmifera) — krestguldoshlar oilasiga mansub ikki yillik sabzavot ekini. Gʻarbiy Yevropada, ayniqsa Buyuk Britaniyada koʻp ekiladi. Poyasi tik oʻsadi, yuqori qismida bandli sillis barglar chiqaradi, barg qoʻltigʻida (diametri 2—2,5 sm li 90 tagacha) mevaboshchalar hosil qiladi. Keyingi yili uchki kurtaklari va yon novdalaridan gul novdalar chiqaradi hamda urugʻli qoʻzoq meva … Читать далее

VOLIN VILOYATI

VOLIN VILOYATI — Ukrainaning shim.-gʻarbidagi viloyat. 1939-y. 4 dek. da tuzilgan. Mayd. 20,2 ming km2. Aholisi 1071 ming kishi (1999), shaharliklar 49%. 11 shahar, 21 shaharcha bor. Markazi — Lusk sh. Volin viloyatining koʻp qismi Polesye pasttekisligida, ozroq (jan.) qismi Volin qirlarining shim.-gʻarbida joylashgan. Foydali qazilmalari: toshkoʻmir, torf, boʻr, gil, qum, ohaktosh, mergel. Iqlimi moʻtadil … Читать далее

BOSHQIRD

BOSHQIRD — 1) boshqirdlar millatiga mansub kishi; 2) oʻzbeklarning qipchoq, jaloyir qabilalari tarkibiga kirgan bir urugʻning nomi. Fargʻona vodiysi va Surxondaryo viloyatida «Boshqird qishloq» deb ataladigan qishloqlar ham uchraydi. Hasan Ato Abushiyning «Turkiy qavmlar tarixi» asari (1909)da keltirilishicha, B o sh qoʻrd atamasi «Bosh uygʻur» yoxud «Boshqutir» soʻzidan olingan. Kamoliddin Binoiy «Shayboniynoma» asarida 15-a. oxiri … Читать далее

BOSMAN

BOSMAN (gollandcha Bootsman, boot — qayiq, kema va man — odam) — kema ekipajidagi kichik komandirlik lavozimi, bevosita paluba komandasi boshligʻi. Yirik harbiy kemalarda bir necha Bosman boʻladi va ulardan biri — bosh B. hisoblanadi. Пост Навигацияси