BOLTACHI (TABARDOR) MUHAMMAD POSHO

BOLTACHI (TABARDOR) MUHAMMAD POSHO (1660—1712) Usmonli turk imperiyasi sultoni Ahmadxon III davri (1703—30) dagi sadri aʼzam. Oʻsmirlik chogʻida sulton saroyiga kelib, boltachilar safiga xizmatga kirgan. Xushroʻy va xushovoz boʻlganidan edda «Xushroʻy muazzin» degan nom bilan tanilgan. 1704-y. sulton Ahmadxon III uni bosh miroxur etib tayinlagan, bir yildan keyin esa sadri aʼzam lavozimiga koʻtargan. 18 oy shu lavozimda ishlagach, amaldan tushirilgan, keyinchalik Arzirum va Halab voliysi etib tayinlangan. 1710-y. rusturk urushi boshlangach, sadri aʼzam lavozimiga qayta tayinlangan. Turk lashkari rus qoʻshinlarini Prut daryosi etagida butunlay tormor qilib, Pyotr I ni asir olishiga bir bahya qolganda, Boltachi (tabardor) muhammad posho (T)M. P. ruslarga sulh tuzishni taklif qilib gʻoyatda katta xatoga yoʻl qoʻygan. U bu xatosi uchun amaldan tushirilib, Mitilena, soʻng Lemnos o. ga surgun qilingan va bir yildan keyin oʻsha yerda vafot etgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x