BARBADOS

BARBADOS (Barbados) — Markaziy Amerikada, Kichik Antil o. larining Barbados o. da joylashgan davlat. Mayd. 430 km2. Aholisi 300 ming kishi (1995). Poytaxti — Brijtaun sh.

Davlat tuzumi. Barbados — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibida mustaqil davlat. Davlat boshligʻi — Buyuk Britaniya qirolichasi (qiroli), hokimiyatni general-gubernator amalga oshiradi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali parlament; u senat va majlis palatasidan iborat. Ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi. Bosh vazirni general-gubernator tayinlaydi va vazirlar bosh vazirning tavsiyasiga binoan tasdiqlanadi.

Tabiati. Barbados — marjonsimon ohaktoshlardan tarkib topgan tropik orol. Yer yuzasi orol markazi tomon zina shaklida (bal. 340 m gacha) koʻtarilib boradi. Shim.-sharqda orol dengiz tomon tik kesilib tushadi. Orol boʻyining qolgan qismidagi mayin oq-pushti yaltiroq qumsogʻillar atrofi baland palmalar bilan oʻralgan. Ular orqasidan shakarqamishzorlar boshlanadi. Koʻplab yogʻadigan yomgʻir yer gʻovaklariga singib, yer osti daryolari va koʻllarini hosil qiladi; marjon ohaktoshlar esa tabiiy filtr vazifasini oʻtaydi. Barbados iqlimi tropik, passat. Eng iliq oy (sent.)ning oʻrtacha harorati 27°, eng salqin oy (fev.) ning oʻrtacha harorati 25°. Yillik yogʻin miqdori 1400 mm gacha. Quruq mavsum (dek. — iyun)dagi tropik jaziramada Atlantika okeanidan esadigan shim.sharqiy passat haroratni pasaytiradi, doimo yoqimli shabada esib turadi. Barbados sohili anvoyi tur va rangdagi oʻsimliklar va bahaybat daraxtlar bilan qoplangan.

Aholisi. Asosiy aholisi barbadosliklar. Hoz. etnik tarkibi: afrikaliklar (negrlar) 80%, duragaylar 16%, yevropaliklar 4%. Yevropaliklar orasida ingliz mustamlakachilarining avlodlari ajralib turadi. Ular siyosiy hokimiyatni negrlardan iborat koʻpchilik qoʻliga topshirgan boʻlsalar ham, mamlakat iqtisodiy hayotida hamon yetakchi mavqega ega. Yevropaliklar orasida «kambagʻal oqtanlilar» deb atalgan oʻziga xos guruh bor. Ular shartnoma asosida yollangan yoʻqsul xizmatkorlar va Irlandiyadagi 17 – a. qoʻzgʻolonlarining badargʻa qilingan qatnashchilari avlodlari boʻlmish redlegxlardir. Davlat tiliingliz tili. Dindorlar, asosan protestantlar. Barbados aholisining zichligi jihatidan Amerikada eng yuqori oʻrinda turadi (1 km2 ga salkam 600 kishi). Yaqin vaqtgacha aholining tabiiy koʻpayishi 3% edi, hukumatning tugʻilishni cheklash siyosati natijasida bu koʻrsatkich 1%ga tushdi. Aholining yarmisi — 20 yoshga yetmagan yigit qizlar. Katta yoshdagi aholining savodxonligi — 99%ni tashkil etadi. Aholining 38% shaharlarda yashaydi.

Tarixi. Yevropaliklar kelgunga qadar orolda indeyslarning arvak va karib qabilalari yashagan. 1518-y. B. ni ispanlar kashf etishgan, 1625-y. gacha Ispaniyaning mustamlakasi boʻlgan, oʻsha yili uni Angliya bosib olgan. Mustamlakachilar bu yerda tamaki va shakarqamish plantatsiyalarini barpo qilib, Afrikadan koʻplab negrlarni keltirib ishlata boshladilar. Astasekin yevropaliklar kamayib, negrlar koʻpayib bordi. 1834-y. da qullik bekor qilindi. 1961-y. da Barbados ichki oʻz-oʻzini boshqarish hukuqini oldi, 1966-y. da mustaqillikka erishdi. Milliy bayrami — 30 noyab. — Mustaqillik kuni. 1966-y. dan Barbados — BMT aʼzosi.

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. B. leyboristlar partiyasi, 1938-y. da tuzilgan; Demokratik leyboristlar partiyasi, 1955-y. da asos solingan; Milliy-demokratik partiya. Barbados ishchilar ittifoqi, 1941-y. da asos solingan, Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederatsiyasiga kiradi.

Xoʻjaligi. Barbados — agrar mamlakat. Qand-shakar i. ch. xoʻjalikning asosini tashkil etadi, keyingi paytda sayyohlik va yengil sanoat rivoj topdi. Orol kichik boʻlganligi uchun q. x. ga yaroqli yerlardan unumli foydalaniladi. Mamlakat butun maydonining 60% haydab, ekin ekiladi, 12% — yaylov. Yerlarning asosiy qismi (80%) yirik yer egalariga qaraydi. Q. x. da shakarqamishdan tashqari batat, yams, maniok xam yetishtiriladi. Bogʻdorchilik rivojlangan (mango, avokado, sitrus mevalar va b.). Chorvachilikda qoʻy, echki, choʻchqa va qoramol boqiladi. Baliq ovlanadi. 527 mln. kVt-s elektr energiya hosil qilinadi. Tabiiy boyliklari: neft, tabiiy gaz, ohaktosh. Oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar, toʻqimachilik, kimyo sanoati mahsulotlari, kundalik zarur tovarlar ishlab chiqariladi. Avtomobil yoʻllari uzunligi — 1,6 ming km. Asosiy dengiz porti va xalqaro aeroporti — Brijtaun. Chetga qandshakar, qiyom, rom chiqariladi. Chetdan asbob-uskuna va transport vositalari, oziq-ovqat, yoqilgʻi keltiriladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari AQSH, Buyuk Britaniya. Pul birligi — B. dollari.

Madaniyati. Barbados xalq taʼlimi Angliyadagiga oʻxshash. Davlatning boshlangʻich va oʻrta maktablarida oʻqish — bepul. 1963 i. Brijtaunda VestIndiya untining filiali ochilgan. Xalq kutubxonasi va un-t kutubxonasi mavjud. Barbadosda indeyslar qad. madaniyatidan namunalar — keramika va tosh buyumlar, 18-a. ga oid baʼzi inshootlar saqlangan. Adabiyot va sanʼatda Gʻarbiy Afrika xalqlarining ijodidan namunalar bor. Yozma adabiyot (ingliz tilida) 1940 – y. lardan rivojlana boshladi. Barbadosda «Barbados advokeyt» («Barbados himoyachisi», 1895-y. dan), «Bikon» («Mashʼal», 1946-y. dan), «Neyshn» («Millat», 1973-y. dan), «Sandi san» («Yakshanba quyoshi», 1979-y. dan) gaz.

lari nashr etiladi. 1935-y. da radioeshittirish tijorat xizmati, 1963-y. radio va telekoʻrsatuv kompaniyasi tashkil etilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x