MONOPOLIYAGA QARSHI QONUNCHILIK

MONOPOLIYAGA QARSHI QONUNCHILIK — davlatning monopoliyaga karshi kurash siyosati. Dunyo tajribasiga koʻra, Monopoliyaga qarshi qonunchilik, asosan, quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha shakllandi. Birinchidan, i. ch. (tarmoq)ni boshqaruvchi qonunlar. Bu qonunlarga binoan, odatda, hech bir korxona (korporatsiya)ning biror turdagi mahsulot i. ch. ning yarmidan ortigʻini nazorat qilishga huquq berilmaydi. Ikkinchidan, barcha yirik korporatsiyalar ishtirokchilari boshqa korporatsiyalar aksiyalarining maʼlum … Читать далее

MIROB

MIROB — suv taqsimoti va sugʻorish tarmoqlarini nazorat qiluvchi shaxs. Qadimdan Oʻrta Osiyoda dare vodiylari va dehqonchilik vohalarida sugʻorish tarmoqlarining bosh toʻgʻonlarini tiklash, sohillar boʻylab dambalar oʻrnatish, sugʻorish tarmoqlarini loyqadan tozalash, suvni navbat bilan taqsimlash, ortiqcha suv va zaxoblarni zaxkashlar orqali partovlarga chikarib yuborish kabi barcha suv xoʻjaligi ishlari irrigatsiya va melioratsiyani yaxshi bilgan tajribali … Читать далее

MIRZO SODIQ JONDORIY

MIRZO SODIQ JONDORIY (toʻliq nomi: Mirzo Muhammad Sodiq ibn Abduvali Munshiy Jondoriy) (18a. 50-y. lari, Jondor tumani — 1819, Karshi) — shoir. «Sodiq» taxallusi b-n ijod qilgan. U saroy xizmatiga chaqirilib, Buxoro mangʻit hukmdorlari amir Doniyol, amir Shohmurod va amir Haydarlar davrida oddiy mirza (munshiy)likdan mirzaboshi — bosh munshiylik darajasiga koʻtariladi. Mirzo Sodiq Jondoriydan bizgacha … Читать далее

MIRZAMUHAMEDOV Mannaf Atamatovich

MIRZAMUHAMEDOV Mannaf Atamatovich (1920.20.9 — Toshkent — 2002.26.4) — pediatr, Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1980), tibbiyot fanlari d-ri (1976), prof. (1977). ToshTI ni tugatgach (1943), shu in-t bolalar kasalliklari kafedrasida assistent, dotsent (1950—54), ayni vaqtda ToshTI bolalar klinikasida bosh shifokor. SamTI rektori (1955 — 60); Toshkent Vrachlar malakasini oshirish in-ti direktori (1960—63), bolalar kasalliklari … Читать далее

MOʻMINOV Ibrohim Moʻminovich

MOʻMINOV Ibrohim Moʻminovich (1908.7.9, hoz. Shofirkon tumani Tezguzar qishlogʻi — 1974.22.7, Toshkent) — faylasuf olim, jamoat arbobi, Oʻzbekiston FA akad. (1956), Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1959), falsafa fanlari d-ri (1950), prof. (1950). Buxoro bilim yurtida oʻqigan (1925—27). Samarqand Pedakademiyasining ijtimoiy-iktisodiy f-tini tugatgan (1931), shu yerda oʻqi-tuvchi boʻlib ishladi. Pedakademiya Uzbekiston untiga aylantirilgach, filol., keyinchalik … Читать далее

MUHAMMAD ODILSHOH MAQBARASI

MUHAMMAD ODILSHOH MAQBARASI — Bijapur (Xindiston) dagi meʼmoriy yodgorlik (1626—1660). «Gol-gumbaz» maqbarasi deb ham nomlanadi. Maqbara murabba tarxdi (60×60 m), bal. 65 m, ichi ravokli, ustunsiz va bezaksiz. Gumbaz (diametri 41 m) kattaligi jihatidan jahonda 2-oʻrinni egallagan. Doira shaklida pishiq gʻishtdan terilgan. Uning asos qalinligi 3 m, yuqori qismi qalinligi esa 2,72 m dir. Ichi … Читать далее

MUHAMMAD DOVUD

MUHAMMAD DOVUD (1908-1978) – Afgʻoniston davlat arbobi, general. Qandahor va Sharqiy viloyatlar general-gubernatori (1933—46), Markaziy armiya korpusi qoʻmondoni, ichki ishlar vaziri (1946—47), Afgʻonistonning Fransiya, Belgiya va Shveysariyadagi elchisi (1947—49), milliy mudofaa vaziri (1949—50), bosh vazir (1953-63). Muhammad Dovud 1973-y. 17-iyulda armiya yordamida davlat toʻntarishi oʻtkazib, Afgʻonistonni respublika deb eʼlon qilgan. Muhammad Dovud prezident kilib saylangan … Читать далее

MYUZIK-XOLL

MYUZIK-XOLL (ing. music-hall — musikali zal, konsert zali) — estrada teatri turi. 19-a. Angliyada London taverna (oshxona)larida yuzaga kelgan. Dastlab havaskor musiqachilar tomonidan ijro etilgan eski xalq qoʻshiklaridan tarkib topib, keyinroq M.-x. ga professional sanʼatkorlar jalb etilgan (1848-y. Ch. Morton tashkil etgan Canterburry Hall). Unda qisqa pyesa, qoʻshiq, raqslar ijro etilgan, koʻzboʻyamachi, muqallidlar tomosha koʻrsatgan. … Читать далее

MILLIY IQTISODIYOT

MILLIY IQTISODIYOT — ijtimoiy iqtisodiyotning mavjudlik shakli; mamlakat, davlat qududida yashovchi millat (xalqlar)ning tarixan shakllangan yoki tubdan yangilanayotgan, oʻzgarayotgan va rivojlanayotgan mulkiy va b. ijtimoiyiqtisodiy munosabatlari, ular bilan shartlangan, mahalliy xususiyatlarga ham ega boʻlgan iqtisodiy faoliyat sohalari, tarmoqlari, tashkilotlari, korxonalari, hududlari va mintaqalari sistemasi. Imkon darajasida tashqi bozor taʼsiridan xoli boʻlgan milliy xoʻjalik sistemasi. Milliy … Читать далее

MOZAIK EVOLYUTSIYA

MOZAIK EVOLYUTSIYA — yuksak taksonlarga mansub organizmlar yangi guruxlarining paydo boʻlishida har xil organlar qayta tuzilishining bir xil tezlikda bormasligi. Mozaik evolyutsiya ayrim organlar va ular evolyutsiyasining mustaqil borishi bilan bogʻliq. Mozaik evolyutsiya tufayli «mozaik» belgilarga ega aralash formalar vujudga keladi. Mas, odam ajdodlarida juda erta paydo boʻlgan tik yurishga moslanish belgilari bilan birga bosh … Читать далее