VETERINARIYA AKUSHERLIGI

VETERINARIYA AKUSHERLIGI — klinik fan, jinsiy jarayonning norma va patologiya masalalari bilan shugʻullanib (urugʻlantirish, otalanish, boʻgʻoz boʻlish, tugʻish va tuqqandan soʻnggi davr), shuningdek sut bezlari va yangi tugʻilgan hayvonlar kasalliklarini oʻrganadi. Veterinariya akusherligi qishloqxoʻjaligi hayvonlarini sunʼiy qochirish nazariyasi va amaliyotini ishlab chiqadi, hayvonlarning tugʻishiga yordam berish va bosh sonini koʻpaytirish yoʻllarini oʻrgatadi. Veterinariya akusherligi hayvonlar … Читать далее

GAZETA

GAZETA (ital. gazzetta — chaqa pul) — kundalik voqealar toʻgʻrisida materiallar eʼlon qilinadigan davriy (vaqtli) bosma nashr. Ommaviy axborot va targʻibotning asosiy vositalaridan biri. Uning vazifasi jamiyatning axborotga boʻlgan ehgiyojini, maʼnaviy intellektual talablarini qondirishdan iborat. Gazeta faqat ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy hayot obyekti boʻlib qolmay, balki moddiy i. ch. obyekti, i. ch.-iqtisodiy munosabatlar sohasi hamdir. Shu bilan … Читать далее

VAXTANG I

VAXTANG I Gorgasar (?-502) – Iberiya (Kartli) podshosi. Davlat hokimiyatini markazlashtirish uchun kurashgan. Uning davrida Tbilisi sh. qayta qurilib, poytaxt Msxeti sh. dan Tbilisiga koʻchirilgan. Kartlining mustaqilligi uchun Eron bosqinchilariga qarshi kurashda shuxrat qozongan. 484-y. gruzin va armanlarning sosoniylarga qarshi qoʻzgʻoloniga rahbarlik qilgan. Arman va gruzin mulkdorlarining xoinligi qoʻzgʻolon taqdirini hal etgan. Forslar V. ga … Читать далее

VARAXSHA

VARAXSHA — qad. shahar xarobasi. Buxorodan 40 km shim.-gʻarbda, Dashti Urganji koʻlining qad. Rajfandun vohasida joylashgan. Varaxsha mayd. 9 ga va bal. 10 — 20 m li ulkan tepa shaklida saqlangan. Varaxsha va uning atrofida Varaxsha Shishkin (1937-39, 1947-54) keng koʻlamda arxeologik tadqiqotlar olib borgan; A. Muhammadjonov (1975—77), O. V. Obelchenko (1977—79), G. V. Shishkina … Читать далее

BOSHQORONGʻILIK

BOSHQORONGʻILIK — boʻyida boʻlgan (homilador) ayol organizmida roʻy beradigan oʻzgarishlar ifodasi; ishtaha yoʻqolishi yoki zoʻrayishi, shuningdek nordon, achchiq, shoʻr narsalarni qoʻmsash, gilvata, shama va odatdan tash qari boshqa narsalarni koʻngil tusashi; oʻqtinoʻqtin koʻngil aynishi, qusish, soʻlak oqishi; piyozdogʻ, atir, tamaki va h. k. hidini yoqtirmaslik, ran koʻtara olmaslik, jizzakilik, salga toliqish, bosh aylanishi, uyquchanlik, kayfiyatning … Читать далее

BOSHQARMA

BOSHQARMA — davlat boshqaruvi tizimida biror yirik tarmoq yoki xoʻjalik sohasida markaziy yoki oʻrta boʻgʻindagi boshqaruv idorasi (mas, Markaziy bankning viloyat boshqarmasi, Bojxona qoʻmitasining shahar boshqarmasi). Boshqarma vertikal (vazirlik, qoʻmita, korporatsiya darajasida sektor — boʻlim — boshqarma — bosh boshqarma) va gorizontal (ayrim vazifalarni bajaruvchi boʻlimlar) tizimda rahbarlikni amalga oshirishi mumkin. Boshqarma umuman boshqaruv vazifalarini, … Читать далее

BOSH KOʻRSATKICHI

BOSH KOʻRSATKICHI — antropologiyada qoʻllaniladigan koʻrsatkich; bosh kengligining uzunligiga nisbati (foiz hisobida yuritiladi). Agar Bosh koʻrsatkichi 75,9 gacha boʻlsa — uzun bosh (dolixotsefal), 76,0 dan 80,9 gacha boʻlsa — oʻrta bosh (mezotsefal), 81,0 dan katta boʻlsa — dumaloq bosh (braxitsefal), deb ataladi. Bosh koʻrsatkichini shved anatomi A. Retsius (1842-y. da) taklif qilgan. Oʻtgan asrning 60—70-y. … Читать далее