BOYMUHAMEDOV Hosil Nurmatovich

BOYMUHAMEDOV Hosil Nurmatovich (1918.1.12 Toshkent 1990.14.7) — geolog olim. Oʻzbekiston FA akad. (1979), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1976), Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1979), geol. mineralogiya fanlari d-ri (1960), prof. (1962). Oʻrta Osiyo industrial in-tini tugatgan (1943). Oʻzbekiston Geol. boshqarmasida katta geolog va geologkonsultant (195052). Oʻrta Osiyo politexnika in-tida dotsent (1950—61). Geol. va mineral xom ashyo in-tida katta ilmiy xodim (1957—60). ToshPIda kafedra mudiri (1960-y. dan), prorektor (1960—72). Oʻzbekiston FA Prezidiumining bosh ilmiy kotibi va hayʼat aʼzosi (1972—79), Yer haqidagi fanlar boʻlimining akad. kotibi (1979-y. dan). Foydali kazilmalar konlarini geokimyoviy usulda izlash Urta Osiyo seksiyasining raisi (1980-y. dan). Kosmos boʻyicha ilmiykonsultativ kengash raisi (1984). Bir qancha xalqaro va regional kongress va kengashlar, jumladan jahon geologlari 27Xalqaro kongressining (1984) tashkilotchisi va katnashchisi. «Uzbekiston geologiya jurnali»ning bosh muharriri (1988). Asarlari ruda konlari geol. si va Urta Osiyodagi rudali r-nlar va provinsiyalar metallogeniyasiga bagʻishlangan. Urta Osiyo, jumladan Uzbekistonning foydali kazilmalar konlari formatsion metallogenik xaritasini tuzganlardan biri va bosh muharriri. Beruniy nomidagi Uzbekiston Davlat mukofoti laureati (1985). Birinchi kon ochuvchi (1980). Toshkent sh. koʻchalaridan biri Boymuhamedov nomiga qoʻyilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x