BUXORO YAHUDIYLARI

BUXORO YAHUDIYLARI, Oʻrta Osiyo yahudiylari (oʻzlarini «isroel», «bane iyeroel», «yahudiy-tojik» deb atashadi) — Oʻrta Osiyonyng turli shaharlarida yashaydigan etnik guruh. B. ya. atamasi birinchi boʻlib 16-a. da paydo boʻlgan. Buxoro yahudiylarining oʻtmishdagi u mumiy soni haqida aniq maʼlumot yoʻq. Ingliz missioneri Volf amir Nasrullaxon hukmronligi davri (1826—60)da Buxoroda 10 ming yahudiy yashaganligini koʻrsatib oʻtgan. Aholini … Читать далее

BUTUNTIRNOQ

BUTUNTIRNOQ — Xorazm ayollarining ziynat buyumi, chakkaga taqiladigan taqinchogʻi, tumor. Asosini 5 burchakli yirik shakldagi gʻilofdon tashkil etadi. Yon tomonlari ensiz, ikki yuzasi butunlay qoplab naqshlangan, uchburchak shaklidagi yuqori qismi panjarali, zigʻiraklar bilan boyitiladi. Mujassamot markazida atrofi feruza koʻzlar halqasi yoki zigʻiraklar bilan oʻralgan rangli shisha yoki gardishga oʻrnatilgan tosh joylashtirilgan, baʼzan eng qad. larida … Читать далее

BALIMANOV

BALIMANOV Jabay (1893, hoz. Qozogʻiston Respublikasi Oqtoʻba (Aktyubinsk) viloyati Qoraqamish qishlogʻi — 1966.6.8) — mashhur chorvador, Oʻzbekiston qorakoʻlchiligi novatorlaridan biri. 1920-y. dan Qoraqalpogʻistondagi Toʻrtkoʻl oʻrmon xoʻjaligida, 1928-y. dan Tomdi oʻrmon xoʻjaligida ishchi. 1933-y. dan to pensiyaga chiqishiga qadar (1963) hoz. Navoiy viloyati Tomdi tumanidagi «Oqtov» (hoz. J. Balimanov nomidagi xoʻjalik) jamoa xoʻjaligida bosh choʻpon. Koʻp … Читать далее

VLADIMIR—SUZDAL KNYAZLIGI

VLADIMIR—SUZDAL KNYAZLIGI — Shim.-Sharqiy Rusdagi yirik kad. rus davlati. 10—12-a. oʻrtalarida Kiyev Rusi tarkibidagi Rostov-Suzdal udel knyazligi boʻlgan. Poytaxtlari — Rostov, Suzdal, 12-a. oʻrtalaridan ulugʻ knyazlik. Poytaxti — Klyazma daryosi boʻyidagi Vladimir sh. (1157). Moʻgʻullar tomonidan 1238-y. vayron qilingan. Vladimirning ulugʻ knyazi unvoni 13—14 y. larda Shim.-Sharqiy Rusda bosh unvon sanalgan. V.-S. k. yerlari Rus … Читать далее

VISHNEVSKIY Aleksandr Aleksandrovich

VISHNEVSKIY Aleksandr Aleksandrovich (1906—1975) — jarroh, Tibbiyot FA akad. (1957), Rossiya (1956) va Oʻzbekistonda (1963) xizmat koʻrsatgan fan arbobi, tibbiyot xizmati generalpolkovnigi (1963), tibbiyot fanlari d-ri (1936), prof. (1939). 1948-y. dan Tibbiyot FA Jarrohlik in-tining direktori. Ayni vaqtda 1956-y. dan Armiya bosh jarrohi. Mitral stenoz boʻlgan yurakni jahonda birinchi boʻlib operatsiya qilgan (1953); sunʼiy qon … Читать далее

BADEN-VYURTEMBERG

BADEN-VYURTEMBERG — GFRning jan.-gʻarbidagi yeri. Mayd. 35,7 ming km2. Aholisi 9,8 mln. kishi (1991). Maʼmuriy markazi — Shtutgart sh. B.-V. yer yuzasi oʻrtacha balandlikdagi togʻlar, Reyn va Dunay daryolari havzasida. Relyefi pasttekislik (Yuqori Reyn), qirlar, oʻrmonli togʻlar (Shvarsvald), soyliklardan iborat. Jan. da Boden koʻli bor. Yiliga 700 mm yogʻin yogʻadi. Asosiy daryolari Reyn va uning … Читать далее

BABUGAN-YAYLA

BABUGAN-YAYLA — Qrim togʻlarining Bosh tizmasidagi eng baland togʻ, Gurzuf va Alushta oraligʻida. Oʻrtacha bal. 1000—1400 m, eng baland joyi 1545 m (Roman-Kosh). Yuqori yura davrining ohaktoshlaridan tarkib topgan. Karst hodisasi tufayli yer yuzasi oʻnqirchoʻnqir boʻlib ketgan. Yon bagʻirlari oʻrmon bilan qoplangan, togʻ tepasi toshloq va oʻtloq. Yon bagʻrida Qrim qoʻriqxona – ov xoʻjaligi joylashgan. … Читать далее

VENA KONGRESSI

VENA KONGRESSI (1814-15) – Napoleon I armiyasi tor-mor etilgach, gʻolib davlatlar Vena sh. da oʻtkazgan anjuman. V. k. da Turkiyadan tashqari barcha Yevropa davlatlari qatnashgan. Maqsad — Napoleon I urushlari natijasida barham topgan tartiblarni va bir necha mamlakatlarda mustabid sulolalarni qayta tiklash, bopapartchilik tuzumiga, inqilobiy harakatlar hamda yangi urushlarga yoʻl qoʻymaslik, gʻolib davlatlarning hududiy daʼvolarini … Читать далее

BUGʻUCHALAR

BUGʻUCHALAR, kanchillar (Tragulidae) — juft tuyoqlilar turkumiga mansub sut emizuvchilar oilasi. Afrika B. i (Hyemoschus) va Osiyo B. i yoki kanchillari (Tragulus) degan ikkita uruqqa boʻlinadi. Afrika Bugʻuchalar ining faqat bitta turi (N. aquaticus) bor. U Afrikaning tropik oʻrmonlarida yashaydi. Osiyo Bugʻuchalari yoki kanchillarning Jan. va Jan. Sharqiy Osiyoda tarqalgan 3 turi bor. Bugʻuchalarning tuzilishi … Читать далее

BUXORO VILOYAT QOʻGʻIRCHOQ TEATRI

BUXORO VILOYAT QOʻGʻIRCHOQ TEATRI — bolalar teatri. 1982-y. Buxoro sh. da tashkil etilgan. Oʻzbek va rus guruhlari mavjud. A. Abdullayev, G. Fayziyeva, N. Rahmatova, Sh. Jabborov, J. Baqoyev, A. Mirgʻiyosov, O. Safarov, V. Zubkovskaya, Ye. Vardasheva kabilar teatrning ilk ijodkorlaridir. Birinchi bosh rej. Shomurod Yusupov (1982 — 92). Teatr ijodkorlari xalq anʼanaviy qoʻgʻirchoq teatri tomoshalarini … Читать далее